Bir kuni o‘rmonda sherni tug‘ilgan kuni bo‘libdi. Sher:
— Kim aroqqa borib keladi? - desa, hech kimdan sado chiqmabdi.
Shunda qirq oyoq:
— Men borib kelaqolay, - deb chiqib ketibdi.
Bir soat o‘tsa ham, qirq oyoqdan darak yo‘q emish. Hayvonlar endi g‘iybat qilib turishsa, eshikni qirq oyoq sekin ochib:
— Hammasini eshitib turibman. Endi o‘ttiz to‘qqizinchi oyog‘imga krasovkamni kiyib bo‘ldim, - dermish.
Donishmandlarni aytishiga qaraganda ayollarni makri qirqta eshakga yuk bo‘lib qolgani xurjin bo‘lar ekan.
Eshik taqillabdi:
— Kechirasiz, sizga yangi chiqqan oq va qora ranglardagi ko‘ylaklarimizni taklif qilmoqchiman. Sotib oling, zarar qilmaysiz.
— Yo‘q, rahmat, shart emas.
— Mana bu oq ko‘ylakni qarang, kiyib mazza qilasiz.
— Kerak emas dedim sizga!
— Ammo bir o‘ylab ko‘ring.
— Agar yana bir marta shu haqda gapirsangiz, zinadan uloqtirib yuboraman.
— Bu ko‘ylakni kiymabsiz, bu dunyoga kelmabsiz...
Uy egasi ko‘ylakfurushni zinadan uloqtirib yubordi. U beton ustiga uchib tushib, ancha vaqt harakatsiz yotdi. Keyin bir amallab o‘rnidan turdi va yuzlarini artib, yana zinadan ko‘tarilib eshikni taqillatdi.
— Oq ko‘ylak bo‘yicha fikringiz tushunarli. Endi qora ko‘ylak to‘g‘risida gaplashsak...
Ikki arvoh qabristonda gaplashib o‘tirishibdi:
Birinchi arvoh:
— Sen nimadan o‘lgansan?
Ikkinchisi:
— Bir kuni uyga kelsam, ostonada begona oyoq kiyim turibdi. Xotinimni jazmani bilan ushladim, deb o‘ylab uyga yugurib kirsam, hech kim yo‘q! Xonalarni tekshirib chiqdim, yo‘q. Xotinim menga yangi tufli sotib olibdi, deb xursandchilikdan yuragim yorilib o‘lib qoldim.
Birinchi arvoh:
— Agar o‘shanda shkafni ichini ochib qaraganingda, hozir ikkalamiz ham tirik bo‘lardik...
Yosh yigit ko‘chada o‘tgan-ketganlar bilan garov o‘ynab, pul ishlab turgan ekan. Yoniga bir chol kelib:
— Nimadan garov o‘ynayapsan? - deb so‘rabdi.
— Otaxon, mana shu archadan baland sakrasam, siz menga yuz ming berasiz. Sakray olmasam men sizga, - debdi.
Otaxon rozi bo‘libdi. Yosh yigit abjirlik bilan archani ustidan sakrab o‘tib:
— Pulni cho‘zing, - desa, chol:
— Sen "Archadan baland sakrasam" deganding. Archa umuman joyidan qimirlamadi-ku!? O‘zing pulni ber, - dermish.
Shom paytida xiyobon ichidan uyga qaytayotgan ayolga kimdir:
— To‘xta! Yerga yot! Emakla! - debdi baqirib.
Qo‘rqib ketgan ayol buyruqlarni bajara boshlabdi.
Bir payt qarasa, bitta kishi kuchukchasi bilan shug‘ullanayotgan ekan.
Uylanayotgan bir yigit ZAGSda imzo qo‘yayotsa, ruchkasining siyohi tugab qolibdi. Shunda yigit pichirlab:
— "Sadaqa balo qaytaradi" deyishgani rost ekan. Ertalab sadaqa qilganim yaxshi bo‘pti-da..., - dermish.
O‘lim to‘shagida yotgan boy ikki o‘g‘liga me’rosini taqsimlab
— Katta o‘g‘liga o‘zining mayxonasini, aroqxo‘r kichik o‘g‘liga esa qolgan hamma boyligini qoldirishga qaror qilibdi.
Boyni holidan xabar olgani kelgan do‘sti uning qaroridan xabar topgach, do‘stiga maslahat berib:
— Do‘stim, boyligingni kichik o‘g‘lingga qoldirmoqchimisan? Axir u aroqxo‘r bo‘lsa, bir umr yig‘gan davlatingni olti oyda ichib tugatadi-ku?! – desa,
boy:
— To‘g‘ri. Ammo shaharda bittagina mayxona bor, u ham bo‘lsa katta o‘g‘limga tegishli bo‘ladi! – degan ekan.
Murabbiyidan jahon birinchiligida qatnashish xabarini olgan yosh gimnastikachi qiz vokzalga kelibdi. Poyezd kelgunicha hali 30 daqiqa vaqt borligidan unumli foydalanishga qaror qilgan qiz kutish maydonchasida mashqlarni takrorlay boshlabdi. Ko‘p o‘tmay, bir qari onaxon qizning oldiga asta kelib:
— Onang aylansin jon qizim, juda-yam qiynalib ketding. Yuraqol, xojatxona qayerdaligini ko‘rsataman..., – dermish.
Er-xotin janjallashayotib er:
— Aybimni tan olaman. Bo‘ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!