— Mastmisan? Yana ichdingmi?
— Ichmadim. Kim senga aytdi?
— Ko‘zlaring aytib turibdi-ku!
— O‘zing g‘irt mastmisan deyman. Ko‘z ham gapirar ekanmi?!
Bir kuni afandini onasi qo‘liga ovqat berib:
— Qo‘shnimizga tashlab chiq! Faqat to‘kib yuborma! - debdi.
Afandi ko‘chaga chiqibdi-yu, qoqilib, ovqatni to‘kib yuboribdi. Tashqari qorong‘u ekan.
Uyga qaytib kirsa, onasi:
— Ha, ovqatni to‘kdingmi? - desa,
Afandi:
— Yo‘q, faqat kosamni topa olmayapman, - dermish.
Bola adasiga shikoyat qildi:
— Bilasizmi, dunyoda eng kechikadigan poyezd qaysi?
— Bilmadim bolam?!
— Siz 3 yildan beri menga olib bermoqchi bo‘lgan poyezd!
Bir-birini "ko‘ra olmaydigan" ikkita dugona uchrashib qolibdi:
— Voy dugonajon, buncha semirib ketding?!
— Iye, bu hali ozganim-ku! Bir oy avval ko‘rganingda edi, huddi sendek semiz edim...
Bir odam advokatga kelib, maslahat so‘rabdi:
— Do‘stim mendan 500 ming qarz olgan. Lekin hecham tan olmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?
Advokat:
— Siz do‘stingizni yoniga boring-da, 1 million qarz ekanini unga ayting!
— Axir u 1 million emas, 500 ming qarz ekanini aytib to‘palon qiladi-ku?!
— Ana shu gapi sizga isbot bo‘ladi!
Vrach bemordan:
— Sizga nechi pullik narkozdan qilay?
— Eng arzonidan!
— Alla, alla, alla-yo...
"Ertaga bajararman..." degan so‘z qiyin vazifalar uchun eng ma’qul yechimdir!
Bir yigit o‘z xonadonida o‘tirgan edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringlabdi. Eshikni ochib qarasa, bir qiz turibdi. Yigit:
— Keling, xizmat? - desa, qiz:
— Kechirasiz, men ro‘paradagi uydanman. Siz har kuni durbinda meni kuzatib turgan xonadonda yashovchi qizman. Ayting-chi, kecha men telefonimni naushniklarini qayerga tashlab ketdim? - dermish.
Bir erkak do‘stiga:
— Xotinimga yana bir marotaba xiyonat qilsam, o‘zini o‘ldirishini aytdi.
Do‘sti:
— Endi xiyonat qilmayapsanmi?
— Endi bu hakda unga sezdirmayapman. Hozirgacha uni yetti marotaba o‘limdan saqlab qoldim.
Bir kuni boshliq qo‘l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to‘ti boshliqqa qarab hadeb:
— Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi.
Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab:
— Agar mana shu to‘tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi.
Ishchisi to‘tini olib, oshxonaga chiqibdi. To‘tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go‘shtini olibdi-yu, qovuribdi. To‘tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo‘yibdi.
Tovuq go‘shtini to‘tiniki deb o‘ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi:
— Xo‘jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq:
— Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o‘dag‘aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan:
— Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to‘ti.