Ishga joylashish uchun kelgan inson bilan suhbat:
— O‘zingizni kuchli sifatingizni aytib bering?!
— Qat’iyatlilik!
— Juda yaxshi. Sizga kelgusi haftada qo‘ng‘iroq qilamiz.
— Keragi yo‘q. Ungacha men o‘zimga boshqa ish topib bo‘laman.
Harbiy qismni tekshirgani kelgan general saf ko‘rigini o‘tkazmoqda:
— Shikoyatlar bormi? — so‘radi u.
— Huddi shunday, o‘rtoq general, bor shikoyat! — javob beribdi serjant Ivanov, — Komandir meni dangasalikda ayblab, nuqul bo‘kib qolguday yeb-ichishim, ertadan kechgacha uxlashim va shu bois basharam yog‘ bosib, koptokka o‘xshab qolganini aytib, menga baqirgani-baqirgan. O‘zining basharasi esa sizning basharangizdan battar yog‘ bosganidan xabari yo‘q!
Ota o‘g‘lini urishyapti:
— Endi bildingmi, nega senga shapaloq tushirganimni?!
Bola:
— Doim shunaqa qilasiz. Avval urib, keyin sababini mendan so‘rab yurasiz?
— Sizlarni inoqligingizga havas qilaman. Turmush qurganingizga 20 yil bo‘ldi. Haligacha er-xotin sayrga chiqganda bir-biringizni qo‘lingizni ushlab yurasiz...
Er:
— Agar men xotinimni qo‘lini bir daqiqaga qo‘yib yuborsam, u albatta do‘konga kirib, o‘ziga birorta yangi kiyim sotib oladi!
Ish vaqtida ijtimoiy saytlarda, telegramda o‘tirishning katta foydasi bor.
Yon tomondan ko‘rish, eshitish, reaksiya, tezkorlik, chaqqonlikni rivojlantiradi.
Boshliq xonasida turgan qog‘oz maydalagichga hujjatni qo‘yibdi-da, kotibasidan so‘rabdi:
— Qaysi tugmasini bosish kerak?
— Qizil tugmani bosing, - debdi kotiba.
Qog‘oz maydalanibdi. Shunda boshliq kotibaga qarab:
— Shu hujjatdan yana bitta nusxa chiqarish kerak, - dermish.
Jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylab ko‘rganmisiz?
Afsus...
Sotuvchi xaridordan so‘radi:
— Kecha o‘g‘lingiz qimmatbaho mollardan olgan edi, siz namuncha arzonini tanlaysiz?
— O‘g‘limning otasi bor, men esa g‘irt yetimman, - dedi xaridor.
Bolalar yozgi oromgohi. Guruh yetakchisi:
— Hammangiz qo‘l telefonlaringizni menga topshiring!!! - debdi.
Ertasi kuni tongda ko‘zi qizargan, kayfiyati yomon guruh yetakchisi chiqib kelib:
— Ablahlar! Hammangiz telefoningizni budilnigini yoqib beribsizlar-ku, tuni bilan navbatma-navbat jiringlab, umuman uxlatmadi. Soat 1:00, soat 2:00, 3:00, 4:00, ..., - dermish.
Chilonzor buyum bozoridan o‘g‘liga ko‘ylak xarid qilmoqchi bo‘lgan ayolga sotuvchi debdi:
— Juda-yam sifatli matodan tikilgan! Turkiyadan olib kelingan. Katta yigit bo‘lguncha kiyadi, ...
Ayol ko‘ylakni xarid qilib, yonida turgan kichkina o‘g‘ilchasiga kiydiradi-yu, ko‘chaga chiqgan zahoti yomg‘ir yog‘ib, bolakayni ustidagi ko‘ylak shalabbo bo‘ladi. Qarasa, yangi ko‘ylakni yengi qisqarib, o‘zi torayib, rangi oqarib ketadi. Ayol shu zahoti jahl bilan do‘konga qaytib borsa, ro‘parasidan chiqgan sotuvchi:
— Voy-vu, kap-katta yigit bo‘lib ketibsan-ku...- dermish.