Sudya:
— Siz butunlay boshqa odamga aylanishingiz kerak! Urinib ko‘ring!
— Yo‘q o‘rtoq sudya, mumkin emas.
— Nega axir?
— Yaqinda hujjatlarimni qalbakilashtirganim uchun o‘tirib chiqdim...
E’lonlar bo‘limiga kelgan qiz:
— Mendan fotomodel chiqadimi? -deb so‘rabdi.
— Yo‘q, sizdan faqat fotorobot chiqishi mumkin.
— Menga qara, og‘ayni, mendan yuz ming so‘m qarzing borligi esingdami?
— Esimda. Mana, qara yon daftarimga katta-katta harflar bilan yozib qo‘yibman.
— Ko‘rdim.
— Agar shunaqa eslataverib jig‘imga tegaversang, umuman o‘chirib tashlayman.
Istirohat bog‘idagi kursida ikki nafar iste’fodagi general suhbatlashib o‘tirishibdi:
— Esingdami, Kolya, birinchi jahon urushi yillarida okoplarda ayollar haqida o‘ylamasligimiz uchun bizga tabletkalar berishgan edi?
— Esimda, albatta, pushti tabletkalar berishgan. Tinchlikmi, nega eslab qolding?
— Shunchaki o‘zim... Nazarimda o‘sha tabletkalar endi ta’sir qilyapti shekilli...
Do‘konga kirgan qaysar xaridor yangi ish boshlagan sotuvchi qizga debdi:
— Xizmat ko‘rsatishingiz juda-yam yomon! Men so‘ragan buyumlarni hattoki turgan joyini ham bilmaysiz. Mahsulotlar pala-partish taxlangan, umuman tartib yo‘q...!
Qo‘rqib ketgan yosh sotuvchi yig‘lab yuboray deb tursa, boyagi xaridor yana baland ovozda:
— Sizda o‘zi insof bormi? - desa, sotuvchi qiz shoshilib:
— Bor-bor, bo‘lishi kerak! Hozir topib beraman...! - dermish.
Ikki dugonalar suhbatlashib o‘tirishsa, biri debdi:
— To‘ying qachon?
Ikkinchisi:
— Bilmadim. Yigitim avval meni qarindoshlari bilan tanishtiradi, keyin to‘yimiz bo‘ladi.
— Xo‘sh, qarindoshlarnikiga bordingizmi?
— Ha, eng uzoq qarindoshlari bilan tanishtirishdan boshladi. Kecha hayvonot bog‘ini aylanib chiqdik.
Chumolilarni bir hafta kuzatdim. Na majlisga kirishadi, na hisobot topshirishadi.
Faqat ishlaganlari ishlagan!
Bir bola do‘stiga qo‘ng‘iroq qilsa, do‘stining onasi go‘shakni ko‘taribdi:
— Allo, kim bu?
— Do‘stim Alisher uydami?
— Ha, u uyda!
— Telefonni unga bera olasizmi?
— Yo‘q!
— Nega axir? Uyda dedingiz-ku?!
— Lekin men ko‘chadaman-da!
Marshrutkada ketayotgan yo‘lovchilardan biri haydovchiga debdi:
— Ana shu to‘xtab turgan Matizni orqasida to‘xtatib yuboring!
Shu zahoti Matiz yura boshlabdi. Marshrut haydovchisi yo‘lovchiga qarab:
— Matizni ortidan quvlayveraymi? – dermish.
Bir bo‘ri ariza qo‘ltiqlaganicha shoshib-pishib borardi. Yo‘lda bir ayiq uni to‘xtatib so‘radi:
— Ha, bo‘rivoy, yo‘l bo‘lsin?
— Menga qilingan tuhmatlardan rayonga borib dod solaman!
— Senga kim alam o‘tkazdi?
— Ferma mudiri qo‘ylarni o‘zi pinhon suv qilib, akt tuzib, aybni menga to‘nkayveradi.