Yosh yigit ko‘chada otaxonni uchratib qolib, so‘rabdi:
— Amaki, chekishdan bormi?
— Mana, ol bolam!
— Gugurt-chi bormi?
— Mana, ol gugurt! Saqich ham bor, beraymi?
— Bering, amakijon.
Chol saqichni uzatib turib dermish:
— Eh, axir men sehrgar edim. Sen bo‘lsa arzimagan uchta tilagingni tilab bo‘lding...
Taksi dispetcheri haydovchi bilan aloqaga chiqibdi:
— Beshinchi, beshinchi... Buyurtma olasizmi? Mijoz samolyotga kech qolyapti. vaqtida yetkazib borasizmi aeroportga?
— Ha, mijoz samolyotga o‘z vaqtida yetib boradi. Avtomobilimda yana bitta mijozim bor!
— Samolyot 10 daqiqadan so‘ng uchar ekan. Yo‘llar tirband bo‘lsa, qanday qilib kechikmasdan olib bormoqchisiz?
— Gap shundaki, mashinamda o‘tirgan mijoz uchuvchi - shu samolyotning boshqaruvchisi bo‘ladi.
Asabga ko‘p tegadigan uchta savol:
1. To‘ying qachon?
2. Diploming bo‘yicha ishlayapsanmi?
3. Keling, kiyim tanlashga yordam beraymi?! (do‘konda)
Mebel magaziniga bir xaridor kelib, sotuvchiga kecha sizlardan olib ketgan stulni oyoqlari sindi, - desa, sotuvchi:
— Stulni ustiga birov o‘tirgandur-da?! - dermish.
— Salom, mening ismim G‘ulom. Men alkogolikman. Men aroq ichaman.
— Salom, men Sherzodman. Men ham alkogolikman. Men asosan viski ichaman.
— Salom, men Hamid bo‘laman. Men barmenman. Buyurtmani qabul qildim.
Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo‘lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so‘ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg‘azab bo‘lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog‘i oqibdi. Afandi:
— So‘ksam yig‘laydi yana, - dermish.
— Nimaga kech qolding?
— Ertalab 6:00 da uyg‘ongandim. Keyin ko‘zim sal ilinibdi-da...
Yuqori qavatdagi qo‘shnim ertalab bolasiga shunaqa qattiq baqirdiki, men ham bir zumda xonamni yig‘ishtirib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim.
Xotin eriga:
— Siz o‘tgan hafta do‘stlaringiz bilan choyxonaga borganmidingiz?
— Ha, albatta xotin!
— Bugun choyxonachi Gulya telefon qilib, sizni so‘radi!!!
Bir erkak ishdan uyga kelib:
— Meni go‘zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.