Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Nega xotining bilan ajrashding?
Do‘sti:
— Xotinim ikki oydan beri "Siz meni sevmaysiz, meni sevmaysiz" deb gapiraverdi...
— Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi.
— Shu..., aytganidek bo‘ldi...!
Bog‘chada bitta bola bor edi. Hammani urardi. Hamma bolalar undan qo‘rqardi. U faqat mendan qo‘rqardi. Chunki men uning har bir mushtiga musht bilan javob qaytarardim. Keyin meni bog‘chadan haydab yuborishdi. Bog‘cha qorovuliga bolalar bilan urishish mumkinmas emish.
— Yodingdami dugonajon? Yoshligimizda qanday go‘zal edik... Ayniqsa men!
Hozir esa qari va xunukmiz!
— Ha ayniqsa sen!!!
— Sizlar go‘zal va yoqimtoy qizlarga jarima yozmaysizlar deb eshitganman!?
— Juda to‘g‘ri eshitgan ekansiz! Qani haydovchilik guvohnomangizni bering, jarima rasmiylashtirishim kerak!
Yoshi katta odam yoshlarga qarab:
— Hozir hammasi yaxshi! Hamma sharoitlar sizlar uchun albatta! Hamma joylarga borib ko‘rib kelishingiz mumkin, albatta agar bizdan ortsa, - dermish...
— Sizningcha, kim aqlliroq? Erkaklarmi yoki ayollarmi?
— Ayollar!
— Nega bunaqa deb o‘ylaysiz?
— Nega emish... Axir erkakning chiroyli oyoqlariga uchib, turmushga chiqqan bironta ayolni ko‘rganmisiz?
Soqov kishi bozorda gazli suv sotar ekan. Bir odam gaz suv ichib bo‘lib:
— Necha pul? - deb so‘rasa, soqov sotuvchi imo-ishora qilibdi.
— Suv necha pul? - deb yana so‘rabdi.
Sotuvchi yana imo-ishora qilgan ekan haligi odam to‘lmasdan ketayotsa, suv sotuvchi baqirib:
— Aka suvni pulini berib ketmaysizmi?! - der emish.
— Nega Rossiya o‘zini "Yevroosiyo" deydi? Axir bu mamlakatni asosiy qismi Osiyoda joylashgan-ku!?
— Demak ular "Yevroosiyo" emas, balki "Osiopa"dir!"
Ayol eriga qarab:
— Bundan keyin aroq ichmaslikka so‘z berasizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa xotinini yonida shirakayf turib, hayol suryapti:
“15 yildan beri shu xotinim bilan yashayman. Haliyam mendan umidi katta...”
Afandining uyiga o‘g‘ri kirgan ekan. Afandi sandiq ichiga berkinib olibdi. O‘g‘ri uyni axtarib, qo‘lga kirgudek hech narsa topmay, sandiqni ochib qarasa, Afandini ko‘rib qolibdi. O‘g‘ri:
— Sandiqning ichida nima qilib yotibsiz?— desa, Afandi:
— Uyda senbop hech narsa yo‘q, shunga xijolat bo‘lganimdan berkinib oldim,— degan ekan Afandi.