Bir kishi har kuni barga kirib, cho‘ntagidan bir siqim tanga chiqarar ekan-da, — Pivo quy! Qaytimi kerak emas, - deb tangalarni sochib yuborarkan.
Bir gal yana shunaqa qilgan ekan, sotuvchi yerdagi hamma tangalarni yig‘ib:
— Qaytimi menga ham kerak emas, - deb uzoqroqqa sochib yuboribdi.
Haligi odam tangalar yotgan joyga borib, bir dona tangani cho‘ntagidan olib, yerga tashlabdi-da:
— Unda yana bitta pivo quy!, - dermish.
— Dugonajon, men juda-yam sahiy yigit uchrashib yuribman.
— Nimasi sahiy?
— Menga har kuni juda ko‘p gullar sovg‘a qiladi. Ayniqsa, o‘tgan hayitda sovg‘a qilgan gullarini ko‘pligini ko‘rsangiz edi...
— Voy, zo‘r-ku. U o‘zi qayerda ishlaydi?
— Qorovul bo‘lib ishlaydi.
— Bo‘magan gap. Qorovul shuncha pul toparmidi?
— U qabristonda qorovul.
Oshiq ispan yigit har oqshom sevgan qizini derazasi yonida serenada kuylarkan. Do‘stlari undan:
— Nega shu qizga uylanib qo‘ya qolmaysan?, - deyishsa,
— Keyin kimga serenada kuylayman?, - dermish.
— Adasi, sizga romashkali choy damladim. Mana, ichib oling.
— Sen meni asabiy demoqchimisan? Nima, senga yoqmay qoldimmi? Balki ajrashmoqchidirsan?
— Yo‘q, yo‘q!
— E-e, ming la’nat! Quy choydan!
Shaharlik yigit bilan qishloqdan kelgan qiz ovqatlanib o‘tirishgan ekan, yigit ofitsiantga:
— Bizga salfetka bilan "zubachistka" bering, - desa,
Qiz:
— Yo‘q bo‘ldi, men to‘ydim, - dermish.
— Dada, mana bu granata degandiz, shuni ichini ochib bering, - debdi bolakay.
— O‘g‘lim, bu inson hayoti uchun havfli! Bu yoqqa ber!, - deb o‘g‘lining qo‘lidan olib qo‘ysa, bola xafa bo‘lib:
— Dangasaga ish buyursang - aql o‘rgatadi, - dermish.
— Nega kayfiyating yo‘q?
— Rahbarimiz hammani ishdan bo‘shatyapti.
— Sen havotir olma, rahbaring xotini bilan ajrashdi. Bo‘shayotganlar uning qarindoshlari.
— Statistik ma’lumotlarga qaraganda ko‘p sut iste’mol qilsa, odam kuchli bo‘lar ekan.
— Xo‘p, 5 litr sutni ichib, shkafni jildirib ko‘rchi?
— Sangamaaaas. Endi 1 litr aroqni oxirigacha ich.
— Ana xolos. Shkaf o‘zidan-o‘zi siljib ketvottiku...
Bir kuni Afandi bozordan yuk ko‘tarib kelayotgan ekan, bir qo‘shnisi uni ko‘rib:
— E, qo‘shni men ham bozorga ketayotgan edim, etmabsiz-de mashinamda birga borib kelardik, - debdi
Shunda Afandi:
— Rostanmi? Yaxshi ettingiz, yana u bu narsalar olishim kerak edi, hozir chiqaman. Qo‘shni bor bo‘ling, - desa Haligi qo‘shni ichida:
— Qo‘qon ma’ziratni ham bilmaydi bu galvars. Sen yetmay turuvding, - dermish
Ikki tanish avtobus bekatida uchrashib qolishibdi.
— O‘, seni anchadan beri ko‘rmagandim! Uylandingni?
— Yo‘q.
— Iye, nimani kutayapsan?
— Avtobusni.