— Adasi, uxlayapsizmi?
— Yo‘q!
— Nega ko‘zlaringizni yumib olgansiz?
— Ko‘z nurimni asrayapman...
Prokurorning farzandlari - yangi batareykalar!
Yangi batareykalar hech qachon o‘tirmaydi!
Xo‘randa ofitsiantga qarab debdi:
— Nega hamma ovqatlar aroq hidi kelyapti?
Ofitsiant bir qadam orqaga surilib:
— Endi-chi? Kelmayaptimi? - dermish.
Piyonistaning tashvishi:
"Nega aroq ichsam, meni aroqxo‘r deyishadi? Fanta ichsam, fantastik deyishmaydi???"
Kema kapitani matrosga debdi:
— Kapitan bo‘lishni istaysanmi?
— Ha, albatta!
— Shu daqiqadan boshlab shu kemani kapitanisan. Kema cho‘kyapti. Qoidaga ko‘ra sen kemani oxirgi bo‘lib tark etishing kerak.
Botir jang maydonidan yaralangan do‘stini sudrab chiqib ketmoqda. Do‘sti unga debdi:
— Meni kasrimga o‘lib ketasan. Tezroq meni otib tashlagin-da, o‘zingni joningni asrab qol!
Botir bir soniya to‘xtab:
— Ilojim yo‘q! Miltig‘imning o‘qi tugagan! – desa, do‘sti iltijo qilib:
— Menda bor, sotib olaqolmaysanmi?!
Yangi kelinchak eriga debdi:
— Chiroyli ko‘ylaklar olib bermasangiz, sayyohatga olib bormasangiz, nima qilardingiz menga uylanib!
Eri bo‘lsa unga qarab:
— Ovqat pishirishni, shim dazmollashni baribir o‘rganmas ekansan, nima qilarding turmushga chiqib?! – debdi.
Vokzal oshxonasida ikki erkak choy ichib o‘tirishsa, mikrofondan e’lon eshitilibdi: “Diqqat! Poyezd jo‘nab ketmoqda!”
Sherigi narigisiga qarab:
— Iye, poyezdimiz ketib qolyapti, tur!!! – desa, ikkinchisi xotirjam choyini xo‘plab:
— Bilet bizda-ku, qayerga ketardi?! – dermish.
Bir odam o‘pka qishlog‘iga ketayotib, yo‘lda adashib qolibdi.
— Kechirasiz, o‘pka qishlog‘iga qanday borsam bo‘ladi? – debdi o‘tkinchi bir kishidan.
— Hozir kekirdakka yetib keldingiz. Biroz yursangiz o‘pkaga yetasiz, - degan ekan haligi kishi.