— Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi? Nega mashinamni oldida yugurib ketyapti?
— Mashinani piyodalar yo‘lagidan emas, mashinalar yuradigan yo‘ldan haydasang yaxshi bo‘lardi.
Ishdan qaytgan er xotinidan so‘rayapti:
— Bugun nimalar qilding?
Xotin:
— Kir yuvdim, ovqat pishirdim, derazalarni yuvdim, uylarni tozaladim. Mana kiyimlarni dazmollab o‘tiribman. Agar ertaga internetga pul to‘lab kelmasangiz, uyga kiritmayman!!!
Yangi mashina olgan bir ayol avtoservisga borib ustaga:
— Yangi mashina olgandim, hech o‘t olmayapti. Iltimos, bir ko‘rib qo‘ysangiz, - debdi.
Mashinani ko‘zdan kechirib bo‘lgach, ayolga:
— Mashinangizni tuzatish uchun ancha ishlashimiz kerak. Bir necha qismlarini almashtirishimiz kerak. 300 ming berasiz, bir haftada tayyor bo‘ladi, - debdi usta.
— Bir kunda tuzatishni iloji yo‘qmi? - so‘rabdi ayol yolvorib.
— Bir kunda tuzatsak 500 ming bo‘ladi, - degan ekan, ayol pulni berib, — Ertaga kelaman, - deb ketibdi.
Shunda shogirdi ustaga:
— Nima qilish kerak buni, - desa, usta:
— Benzin quyib qo‘y! - dermish.
Bir qiz sevib qolib, shirin hayollar og‘ushida osmonga qarab ketayotsa, katta xarsang toshga urilib, yiqilib tushibdi. Ancha vaqt o‘tsa ham o‘rnidan turmasmish.
Buni kuzatib turgan bola yoniga kelsa, qiz osmonga qarab, bemalol yotganmish.
Shunda bola:
— Ey singlim, qattiq yiqilmadingizmi? Keling qo‘lingizni bering, - desa, qiz:
— E bor-ye, shirin hayolimni ham beliga tepding, - dermish.
Bir yigitni uylantirishibdi. To‘yda hammaga osh berishibdi-yu, kuyovga osh yetmay qolibdi.
To‘y tugagach, kuyov go‘shangaga kirmasdan, tashqarida xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, dadasi:
— Ha o‘g‘lim, nimaga tashqarida o‘tiribsan, kelinni yoniga kirmaysanmi? - desa,
— Kirmayman, - deb baqiribdi.
— Nega kirmaysan, - desa, o‘g‘li:
— Osh yeganlar kiraqolsin, - dermish.
— Kecha e’lon bergandim: "O‘zimga turmush o‘rtoq qidiryapman" deb.
— Xo‘sh nima bo‘ldi?
— Bugun bir qop xat keldi. Hammasida bir xil yozuv: "Meni erimni olib keting!" degan.
Hozir 3 yoshli bolakaylar kompyuterda ishlashni, selfi suratga olishni bilishadi. Men-chi, shu yoshimda qora saqichni chaynab, magnitofonda kasseta eshitib yurardim.
Seni orqangdan kulishsa, xafa bo‘lma. Yig‘lashlaridan qo‘rqgin!!!
Qizlar, chiroy o‘tkinchidir! Shuning uchun tirnoq va kipriklarni o‘stirmang, aqlni o‘stirish bilan shug‘ullaning!
Bitta fil velosiped haydab ketayotsa, yo‘ldan chumoli chiqib:
— Menam haydab ko‘ray, - desa, fil:
— Yo‘q, o‘zi balonlari bo‘shab qolgan, - degan ekan.