Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!
— Doktor, meni ko‘zim og‘riyapti. Ko‘rib qo‘ying
— Xo‘sh, ko‘zingizdan ko‘rinib turibdiki, o‘pkangiz shamollagan, ichaklarda muammo bor, oshqozoningiz ishlamayapti.
— Doktor, axir bu ko‘zim protez! Bunisini ko‘ring!
Tajribali tarvuz sotuvchisi o‘g‘lini boshiga bir chertib, imtihonlarga tayyor yoki tayyor emasligi bilib olarkan!
— Qo‘yni qanday qilib sog‘ish mumkin?
— Yangi iPhone ishlab chiqib, sotuvga qo‘yish kerak. Ana keyin sog‘sa bo‘ladi...
Bir bola soqov ekan. Ota-onasi ko‘rsatmagan tabib-u, doktori qolmabdi. Hecham gapirmabdi. Oxiri ota-onasi gapirishidan umidini uzishibdi. Bir kuni ovqatlanib o‘tirishsa, soqov bola:
— Sho‘r ekan, - debdi.
Shunda onasi:
— Voy o‘g‘lim, gapirdingmi?! Yana bir qaytar...
— Sho‘r ekan ovqatingiz!
Ota-ona o‘zida yo‘q xursand...
— Sen bola gapirarkansan, nega bizni shuncha yil qiynading? Nimaga shu paytgacha indamading, - deyishsa, bola:
— Shu paytgacha ovqatingizni tuzi yaxshi edi-da, - dermish.
To‘rtta sodda yigit shahardagi restoranga kirib, nima ovqat buyurishni bimay o‘tirishsa, yonidagi stolda beshta yigit menyuga qarab:
— Bizga hammamizga Befshteks olib keling, - deyishibdi.
Haligi to‘rttala yigitlar buni eshitib qolib, ofitsiantga qarab:
— Bizlarni hammamizga to‘rfshteks olib kelavering!, - deyishgan ekan.
Uch yashar Sardor buvisiga dedi:
— Buvijon! Siz doimo: «Shakarning ham ozi shirin», - derdingiz. Bog‘chaga shuncha bordim, bo‘ldi-da endi!
Eri xotiniga quticha beribdi. Quti ustida esa quyidagi so‘zlar yozilgan ekan:
“Men senga kerakligimning 50 ta sababi shu yerda!”
Quti ichidan elektr go‘sht maydalagichning 50 ta qismlari chiqibdi. Xotini ikki soat harakat qilsa ham, uni yig‘a olmabdi.
Shunda quti ustidagi so‘zlarning asl ma’nosini tushunib yetibdi.
Yosh qiz telefonidan sobiq sevgan yigitlarini raqamlarini o‘chirib tashlashni unutgan ekan. Bir payt oshxonadan onasi uni chaqiribdi:
— Qizim, telefoningga javob ber! Senga qandaydir Ablah qo‘ng‘iroq qilyapti.
Bir ayol tiqilinchda hamyonini tushirib qo‘yibdi. Birozdan keyin yoshgina bola ayolni hamyonini qaytarib beribdi. Ayol hamyonini ochib ko‘rib bolaga:
— Meni hamyonimda ikkita besh mingtalik bor edi. Bu yerda o‘nta ming so‘mlik turibdi-ku?! - desa, bolakay:
— Bilasizmi, oldin ham bittasini hamyonini topib bergandim. U menga minnatdorchilik bildirish uchun mayda topa olmagandi. Shunga pullaringizni maydalab qo‘ydim, - dermish.