Teatrga kelgan er-xotin antrakt (tanaffus)dan keyin qorong‘ida joylarini topa olmay, tomoshabinlardan biriga:
— Kechirasiz, chiqishda sizni oyog‘ingizni bosib olganmidim?
— Ha!
— Bizni joyimiz shu qatorda ekan, o‘tib ketsak maylimi?
Millionlab insonlar telefon naushniklarini simi chigal bo‘laverishidan aziyat chekadi.
Shuning uchun Apple kompaniyasi Iphone7 uchun simsiz naushniklarni ishlab chiqardi. Endi ular chigal bo‘lmaydi — shunchaki yo‘qolib qoladi.
Afandini o‘g‘li maktabga boribdi. O‘qituvchisi unga savol beribdi:
— Birov senga olma bersa nima unga deysan?
— Olma yuvilganmi deyman, ustoz, - javob beribdi bola.
— Do‘stim, restoranda bepul ovqatlanish yo‘lini topdim!
— Qanday yo‘l ekan?
— Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so‘rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz.
— Zo‘r-ku, qoyil. ketdik.
Restoranda ofitsiant:
— Kech bo‘lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz...
— Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to‘lab bo‘lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo‘qmi?
Tasodifan tanishgan ikkita odam garov o‘ynabdi. Birinchisi:
— Hozir men o‘ng ko‘zimni tishlayman, sen menga ellik ming berasan, - debdi.
— Ko‘zingni-ya?, Tishlay olmaysan, - debdi ikkinchi odam.
U odamni ko‘zi protez ekan, shartta ko‘zini olibdi-da, tishlabdi.
Sherigi ellik ming berishga majbur bo‘libdi.
— Endi ikkinchi ko‘zimni ham tishlayman, - debdi haligi odam.
— Tishlay olmaysan! Ikkala ko‘z ham protez bo‘lishi mumkin emas, - desa,
— Meni tishlarim protez, - deb tishini joyidan olib, yana ellik minglik bo‘lib olgan ekan.
Stomatolog bemorni ko‘rikdan o‘tkaza turib:
— Tishingizda katta kovak bor, katta kovak bor, katta kovak bor...
Bemor hayratlanib:
— Dokor, nega bu so‘zni uch martta takrorladingiz?
— Men bir martta aytdim. Qolganlari kovakdan chiqayotgan aks-sado bo‘lsa kerak.
Uchta yigit janozaga boribdi. "Fotiha o‘qing" degan ma’noda, — O‘qiysizmi?, - deyishsa
Domla:
— Ishlayman, - debdi.
Maktabning birinchi sinfga kelgan o‘quvchilarga o‘qituvchisi tushuntiribdi:
— Aziz bolajonlar! Maktabda to‘polon qilish, baland ovozda gaplashish, odobsizlik qilish mumkin emas. Agar biror nima so‘ramoqchi bo‘lsangiz, qo‘lingizni ko‘tarib murojat qilinglar.
Shu zahoti bolalardan biri qo‘lini ko‘taribdi.
O‘qituvchisi:
— Nimani so‘ramoqchisan Alisher?, - debdi taajjublanib.
— Hech nimani. Shunchaki, tushuntirayotgan tizimingiz qanchalik aniq ishlashini tekshirib ko‘ryapman.
Urushga borgan otaxondan intervyu olishmoqchi bo‘lib, urushda ko‘rgan voqealardan biror narsa gapirib berishini so‘rashibdi.
— Shu bolam, bir kuni sheriklarimni topolmay, adashib qoldim. O‘rmonda ketayotsam, qarshimdan uchta nemis dushmanlari chiqib qoldi. Shartta cho‘ntagimdan pichoqni oldim-da, bizni yurtlarga boshlab kelgan oyoqlarini, qurol ushlagan qo‘llarini kesib tashladim. Shu kelishlariga yo‘lboshchi bo‘lgan ko‘zlarini o‘yib oldim.
Jurnalist hayratlanib:
— Ota, shuncha qiynagandan ko‘ra shartta o‘ldirib qo‘yavermaysizmi?, - degan edi, chol bamaylihotir:
— Ha bolam, o‘ldirardim-u, mandan oldin kimdir o‘ldirib bo‘lgan ekan-da, - dermish.
Yigit do‘stiga:
— Ikki ming pul qarz berib tur!
Do‘sti cho‘ntagini kavlab:
— Faqat bir yarim ming pulim bor.
— Mayli beraver! Besh yuz qarz bo‘lasan shunda...