Merlin Monroning surati hanuzgacha reklama plakatlarida uchraydi. Odamlar o‘lganidan keyin ham ishlab yurishibdi. Meni xotinim tirik bo‘lsa ham ishsiz!!!
Rahbariyat oylik ish haqqini kamaytirmaydi. Haqiqiy baxt pulda emasligini bot-bot ta’kidlab turadi.
Bir hayolparast yerga qarab, hayol surib ketayotsa, boshi qars etib simyog‘ochga urilibdi. Qarasa, simyog‘ochga shunday deb yozib qo‘yilgan ekan:
"Simyog‘och tepasidagi tugunda bir million pul bor. Olsang, seniki! Agar ololmay, yiqilib tushsang, ovozing ayol kishini ovoziga aylanib qoladi.
Hayolparast kishi ololmay yiqilib tushibdi-yu, rostdan ham ovozi ayol kishinikiga o‘xshab qolibdi.
Hafa bo‘lib tursa, nariroqda bir erkak kelib qiz bolani tovushida:
— Ololmasangiz, nima qilardingiz chiqib? - dermish.
Ikki og‘ayni tikoda bir do‘kon yoniga kelib to‘xtashibdi. Mashinani egasi tikoni eshigini qulflayotsa, o‘rtog‘i unga qarab:
— Bu eski aravang kimga-yam kerak?! - desa, do‘sti:
— O‘tgan safar mashinamni ichiga axlat tashlab ketishibdi. Shunga qulflab qo‘ymoqchiman-da..., - dermish.
Samsung korporatsiyasi mobil telefonning navbatdagi modelini e’lon qildi. Endi bu oddiy bomba bo‘ladi!!!
Travmatologiya kasalxonasidan chiqqan bemor taksiga o‘tirgach:
— Faqat sekinroq haydang, iltimos! Kecha shu yerda meni mashina urib yuborgan edi, - desa, haydovchi bemorga o‘girilib:
— Iye, tanimabman sizni..., - dermish.
— Inson kimni ko‘rishni istasa, o‘sha odam yoniga kelishi rostmi?
— Ha rost!
— Unda nega nuqul atrofimda o‘ralashasan?
— Ustozing senga qo‘shimcha savol ham berdimi?
— Ha.
— Nimani so‘radi?
— Tentakmisan? dedi.
Bir kishi har doim do‘kondan 200 gramm go‘sht olarkan. Sotuvchi ham uni ko‘rinishi bilan 200 gramm go‘shtni tayyorlab qo‘yarkan.
Bir kuni u yana o‘sha do‘konga kelib:
— Ikki kilogramm go‘sht bering, - debdi.
Sotuvchi hayron bo‘lib:
— To‘y qilyapsizmi deyman, – dermish.
E’londan:
Korxonada muntazam ravishda maosh berish cho‘zilsa-da, ko‘ngili to‘q yuradigan xodimlar ishga qabul qilinadi.