Bemor vrachga kelib shikoyat qilibdi:
— Doktor bilasizmi, so‘nggi paytlarda ishxonamda fikrimni jamlab olishim qiyin bo‘lyapti.
— Kasbingiz nima?
— Duradgorman!
— Muammo nimada o‘zi?
— Qo‘limga boltani olishim bilan qo‘shnilarim yodimga tushadi...
Bir talaba yigit avtobusda saqich chaynab ketayotib, o‘zi bilmagan holda bir kampirga tikilib qolibdi. Kampir esa:
— Bolam, bu gaplarni menga bekorga aytyapsan men baribir eshitmayman, - debdi.
Bir odam ichib olib, mast holda zo‘rg‘a sudralib uyiga kirib kelsa, xotini qo‘lida supurgi, jahl bilan kutib olibdi. Er xotiniga qarab:
— Iltimos xotinjon, uchib ketma! Boshqa ichmayman!, - debdi.
Reklama yozuvlarini tayyorlovchi firmadan maxsus sovg‘a.
Noshud tadbirkorlar diqqatiga: "Biz ochildik" yozuviga qo‘shimcha tarzda "Ijaraga beriladi" va "Sotiladi" yozuvlari bepul taqdim etilmoqda.
— Erim sovg‘a qilgan selfi tayoqchasini kecha birinchi martta ishlatib ko‘rdim.
— Xo‘sh qalay ekan?
— Yaxshi. Kir mashinasidagi kiyimlarni olish juda-yam qulay ekan.
Bir odam byurokrat boshliqning huzuriga kirib:
— Ertaga keling degandingiz, mana keldim, - debdi.
— Hmm... Shunday deganmidim?
— Ha, shunday degansiz.
— Yaxshi! Unday bo‘lsa ertaga keling-da! Nega bugun keldingiz?
Shahardan qishloqqa tushgan kelinga qaynonasi sigir sog‘ishni buyuribdi. Bir soat o‘tibdi, ikki soat o‘tibdi. Kelin og‘ilxonadan chiqmasmish.
— Bor, xotiningdan xabar olchi, - debdi qaynona o‘g‘liga.
O‘g‘li og‘ilxonadan qaytib kelib, qotib kular emish. Onasi o‘g‘lidan, - nima bo‘ldi?, - deb so‘rasa, o‘g‘li:
— Keliningiz sigirni sog‘ib, "unisini ham sog‘ib olay" deb buqaning ortidan quvlab yuribdi, - dermish.
Bir yosh qiz do‘konga kirib, har xil buyumlar xarid qilibdi. Hamma narsalarni bir donadan sotib olayotsa, sho‘x yigit gap "otibdi":
— Yaxshi qiz, bir o‘zingiz yashaysizmi?
Qiz viqor bilan:
— Ha, qayerdan bildingiz?, - desa,
— Juda-yam xunuk ekansiz-da..., - dermish.
— Bitta yo‘llanmaga butun oila dam olishi mumkinmi?
— Mumkin, agar yo‘llanma qaynonaga berilsa.
— Salom Alisher! Ishlar qalay?
— Qanaqa Alisher?! Meni ismim...
— Anchadan beri ko‘rishmaymiz. Sendan pul olgan edim. Shuni qaytarmoqchiman.
— Alisher bo‘lsa, mayli Alisher-da!