Bir kuni shifokor ruhiy kasallarni tekshirgani kelibdi. Bir bemor poyafzalni qo‘liga olib, “Tuzik qara, bizni tekshirgani shifokor kelibdi”, - deb turgan ekan, shifokor shu bemorning yoniga kelib:
— Sen nega it bilan gaplashib o‘tiribsan, - deganda
— Doktor bu it emas poyafzal-ku, - deb javob beribdi.
Shifokor xursand bo‘lib:
— Nega bu insonni bu yerda olib o‘tiribsizlar? Axir u soppa-sog‘-ku.
Bemor poyafzaliga qarab:
— Tuzik ko‘rdingmi bizning gapimizga shifokor ishondi - deb xursand bo‘libdi.
Allo doktor erim menimcha jinni bo‘p qoldi!
— Nima sababdan? Qani tushuntiring?!
— Erim vannaga suv to‘ldirvolib qarmoqda baliq ovlayabdi!
— Shartta qo‘lidan qarmoqni olib qo‘ying!
— Hooo, meni ham baliq yegim kelyabdida!
Ikkinchi sinf o‘quvchisi o‘rtog‘iga:
— Shu o‘qituvchimizga ishongim kelmayapti-da. Kecha 5+5=10 deyayotgan edi, bugun esa 7+3=10, deyapti.
Er divanda gazeta o‘qib o‘tirsa, xotini protivogaz kiyib yoniga o‘tiribdi. Eri hatto qaramabdi.
Xotini eriga:
— Menga e’tibor ham bermaysiz-a, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Qoshingni teribsanmi? - dermish
Bir kun, bir yigit sevgan qizi bilan ko‘chada ketayotsa, Mersedesda bir yigit kelib, signal chaldi, shunda qiz yonidagi yigitga:
— Bor-e — deb Mersedesga o‘tirib olibdi,
Shunda Mersedesdagi yigit:
— Uzr, myen sizni emas, xo‘jayinni chaqirgandim dermish...
Ikki ovchi o‘rmonda ov qilib, o‘qlari tugab uyga qaytayotsa yo‘llaridan bir sher chiqib qolibdi. Shunda ikkovi qochib daraxtga chiqib olishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Men kitobda o‘qiganman, sher daraxtga chiqa olmaydi, - debdi.
Qarashsa sher sekin daraxtga chiqa boshlabdi.
Ikkinchisi:
— Ana chiqyaptiku, - desa
Birinchi ovchi hijolat bo‘lib:
— Menimcha bu sher o‘sha kitobni o‘qimagan bo‘lsa kerak debdi.
Xotin eriga:
— Esizdami tunov kuni tomimizni tuzatgan kishi, o‘shani mashina bosib ketibdi, desa
Eri:
— Endi tomda ham yurib bo‘lmaydigan bo‘libdida
O‘g‘li otasidan so‘radi:
— Dada hayotda yalmog‘iz kampir yo‘q-a?
Dadasi divanda o‘tirgan qaynonasiga qarab qo‘ydi-da, so‘ng o‘g‘liga dedi:
— Men ham bolaligimda shunday deb uylardim.
Podsho saroyida sarkardalar suhbatlashib o‘tirishar, har kim o‘z qahramonligini aytib, lof urar edi. Bir maqtanchoq bunday dedi:
— Urush shunday qattiq bo‘ldiki, o‘q bamisoli yomg‘ir bo‘lib yog‘ar edi, dushman bilan aralashib ketib qilich tagida qolibman, kallam uzilib, bo‘ynimning terisiga ilinib qolibdi...
Suxbatda Afandi ham bor edi, so‘z qistirdi.
— Urushda odam qizishib ketgandan keyin shunaqa bo‘lar ekan-da, sizning boshingiz bo‘yningizning terisiga ilinib qolibdi-ku, mening boshim yelkamdan tushib, uch-to‘rt yumalaganini bilganim yo‘q, urusha berdim....
Qorangni o‘chir! — deb ertalab soat 6 da kelgan eriga ayol baqira ketdi. Sho‘rlik er qo‘liga latta olib, uy ishlarini boshlavordi..