Shahar hokimining tomog‘iga suyak tiqilib, o‘ladigan bo‘lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o‘zi kelmay bir parcha qog‘ozga bir nima yozib yubordi.
Hokim qog‘ozni ochib ko‘rishi bilan bo‘yni cho‘zildi-yu, suyak — tomog‘idan o‘tib ketdi.
Odamlar hayron bo‘lib, kog‘ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi:
— «Poraga kelgan qo‘yning suyagi», deb yozgan ekan.
Afandi ko‘chadan taqa topib oldi, juda xursand bo‘lib borayotgan edi, bir oshnasi so‘radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo‘lidagi taqani ko‘rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo‘lsa, bitta ot degan so‘z. Chu!
Qo‘l haqini vrachga bersang – pora, ukol qilgan hamshira uchun – minnatdorchilik belgisi, ofitsiantlar uchun – choy-chaqa, tikuvchini qo‘liga malham, ustaga bersan ta’mirlangan uyda xotirjam yashaysan.
— Siz firibgarlikda ayblanmoqdasiz! Mijozlaringizga umrni uzaytiradigan dorilar sotar emishsiz... Buning uchun avval ham sudlanganmisiz?
— Ha, 1800, 1890 va 1910 yillarda sudlanganman.
Odamlar niqob taqishiga qaraganda og‘iz-burni jag‘ida joylashganga o‘xshaydi.
Bojxona tekshiruv postida ishlaydigan kompyuter dasturchisi M.Abdullayev oilaviy sharoiti va moddiy qiyinchiliklar tufayli vaqtincha bojxona yuklarini tekshiruvchi-nazoratchi bo‘lib ishlab turish uchun boshliqdan ruxsat so‘radi.
Barcha qaynonalarga savol:
Agar keliningiz hamma narsasini yig‘ishtirib, uydan butunlay ketayotgan bo‘lsa yana 2 hafta sizga xizmat qilib berishi shartmi?
— Doktor bolam, qulog‘im mutlaqo eshitmay qoldi-ya...
— Unda xursand bo‘ling otaxon! Dunyoning tashvishlaridan qutulibsiz.
To‘qson yoshga kirgan otaxon ko‘zguga qarab, — Mana bugun to‘qsonni qarshiladim, - debdi-da, boshiga qarab, — Sen ahmoq 40 yoshdayoq sochlarga ruxsat berib yubormaganingda, ular ham bugun to‘qsonga kirar edi, - dermish.
Magazinda:
— Bitta qatiq berib yuborsangiz.
— Siz unga banka olib keldingizmi?
— Yo, tavba! U bilan gaplashasizmi hali?!