— Itingizni dumini nega kesib tashladingiz?
— Qaynonam kelganida dumini likillatganiga chiday olmadim.
Qiz yigitiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Tezroq keling, uyda hech kim yo‘q, - debdi.
Yigit uyga kelsa, haqiqatdan ham uyda hech kim, mutlaqo hech kim yo‘q ekan...

Bir kuni Messi ko‘chada sayr qilib yursa, Real jamoasining fanatlari uni rossa do‘pposlashibdi. Messi zo‘rg‘a qochib qutulibdi. Ertasi kuni ko‘chaga chiqsa, yana shu ahvol emish. Bundan charchagan Messi ustiga ayollar kiyimini kiyib, boshiga parik taqib ko‘chaga chikibdi. Shunda pista chaqib turgan xotin Messini yoniga kelib sekingina:
— Hoy Messi, bu yoqqa kel!, - debdi.
Messi xolani oldiga borib:
— Voy xola, mani tanidizmi?, - desa, haligi xolayam parigini yechib:
— Ahmoq, qanaqa xola? Man Ronald Kuman, - dermish.

Ikkita do‘st djungli o‘rmonlarida sayr qilib yurishsa, oldidan yo‘lbars chiqib qolibdi. Birinchi yigit yerdan qum olib yo‘lbarsning ko‘ziga sepib yuboribdi-da, tezlik bilan daraxtga sakrab chiqib olibdi. Tepada turib do‘stiga:
— Chiq tezroq daraxtga, - desa,
Pastda turgan yigit:
— Nega? Axir yo‘lbarsni ko‘ziga qumni men sepmadim-ku, - dermish.
Sud zalidagi jarayondan:
— Aytingchi, eringiz bilan nega ajrashmoqchisiz?
— U meni haqorat doim qiladi. Xotinim demay uradi, ...
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi:
— Bizni haqorat qilmayapti-ku, bizni urmayapti-ku, ...
Xotin eriga:
— Bugun dugonalarim bilan biror joyda o‘tirmoqchidik.
— Aniqroq gapir! Seni mast holda topishim osonroq bo‘lsin, - dermish er.
Bir kuni chumchuq pastroq uchib ketayotib, katta tezlikda kelayotgan mototsikl bilan to‘qnashib ketibdi. Mototsiklchi to‘xtab, chumchuqni olib, uyiga boribdi. Qushni qafasga qo‘yib don va suv solingan idishni oldiga qo‘yibdi. Chumchuq hushiga kelib qarasa, qafasda ekan. Suv va donga qarab turib:
— Jin ursin! Mototsiklchini o‘ldirib qo‘yibmanku, - degan ekan.
Operator qizga qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda:
— Allo, yaxshi qiz, menga SMSlar yetib kelmayapti.
Operator:
— Fikringizni to‘plang, chalg‘imasdan yana bir martta o‘qib ko‘ring-chi...
Bir kuni chukcha muzlatgich sotib olib, ketayotgan bir paytda. Do‘sti uni ko‘rib so‘rabdi:
— Nega muzlatgich olding? Sizlarda shundoq ham sovuq-ku?
Shunda chukcha kulib:
— Ex, shunga ham kalla yetmadimi? Bu muzlatish uchun emas, isinish uchun.
Er-xotin kechasi uxlab yotishsa xotin alaxsirab:
— Voy, erim kevotti, erim kevotti, desa
— Yonida yotgan eri, sakrab turib o‘zini balkondan otvoribdi.