Bolalar haqida latifalar

— Odiljon, agar shunday yomon baholarga o‘qishda davom etsang, adangni boshida oppoq sochlar paydo bo‘la boshlaydi.
— Adam bundan juda-yam xursand bo‘ladilar!
— Nega unday deyapsan Odiljon?
— Chunki meni adam kal odam!
Bir kishi bog‘iga kirsa, bir to‘da bolalar daraxtga chiqib olib meva terayotgan ekan:
— Hoy bolalar, qani tez tushinglar-chi! Bo‘lmasa dadalaringa aytib beraman, - desa, bolalar:
— Hechqisi yo‘q. Dadamiz bizni urishmaydilar! Chunki dadamizning o‘zlari narigi shohda o‘tiribdilar, - dermish.
Yosh qiz otasiga:
— Adajon, menga planshet olib bering? – debdi.
Otasi:
— Sehrli so‘zni unutdingmi qizim...? – degan ekan,
Qizi:
— Jamila, – debdi.
Otasi hayron bo‘lib:
— Jamila? Bu nima deganing? - desa,
Qizi:
— Bu jazmaningizni ismi... - debdi.
Otasi o‘zini yo‘qotib:
— Planshetni qanaqa rangidan olib beray, ustiga g‘ilof ham kerakmi...? - dermish.
— Kecha o‘g‘lim gazetadagi rasm ustiga ikki martta bosib kattalashtirishga urinyapti.
Ko‘rib aqldan ozay dedim...
Ko‘chada qizaloq yig‘lab tursa, yoniga bir odam kelib:
— Kap-katta qiz ekansan. Nega yig‘layapsan?
Qizaloq:
— Nima ishingiz bor. Yo‘qoling bu yerdan! - debdi.
Haligi odam yana:
— Kichkina bo‘la turib, bunaqa yomon so‘zlarni qayerdan bilasan?
Qizaloq:
— Tushunmadim. Bir kap-katta deysiz, bir kichkina deysiz...?!
Yosh qizcha otasi bilan dars qilmoqda.
Otasi qizidan so‘rabdi:
— Boshimizni tanamizdan nima ajratadi?
Qizi ikkilanmasdan:
— Bolta, ada! – deb javob beribdi.
— Oyi, nega hamma qizlar meni maktabda xayolparast deyishadi?
— Qizim, sen bu yerda emas, qo‘shni hovlida yashaysan.
Bir ayol egizak farzandlarni dunyoga keltiribdi. Biri sap-sariq, ikkinchisi qop-qora emish.
Tug‘ruqxonada siz o‘ylagandek shivir-shivir bolalay boshlagan ekan yangi ona shunday izoh beribdi:
"Homilador bo‘lgandan beri tinmay Fanta bilan Kola ichdim. Hammasi shundan".
Ota o‘g‘liga Pushkinning “Oltin baliq" ertagini o‘qib beryapti.
Ertak oxirida o‘g‘li otasiga qarab:
— Dada, nega chol oltin baliqdan yangi kampir so‘ray qolmaydi?, - dermish.
Xotin eriga debdi:
— Adasi, men homiladorga o‘xshayman. Endi nima bo‘ladi?
Eri:
— Nima bo‘lardi!? O‘g‘il yoki qizimiz bo‘ladi...