Bolalar haqida latifalar

Maktab saytidagi e’lon:
"Planshet sotaman. Arzon bahoda".
E’lon tagidagi birinchi izoh:
"Mavluda Azizovna, darsdan keyin qaytarib beraman degandingiz-ku!!!"
Bir kuni qizaloq ukasidan so‘rabdi:
— Asalni rus tilida nima deymiz?
Ukasi:
— Myod, - debdi.
Qizcha undan:
— Novvotni nima deymiz unda? – deb so‘rabdi.
— Qattiq myod, -deb javob bergan ekan.
— Oyijon, avtobusda bir ayolga joy berayotgan edim, u menga konfet uzatdi.
— Sen-chi, nima qilding?
— Konfetni olib, yana o‘rnimga o‘tirib oldim.
— Nega?
— Boshqasidan ham konfet olishim kerak-ku!
Qizi maktabdan kelib dadasiga debdi:
— Biz bugun 2x2ni o‘rgandik.
Dadasi:
— Xo‘sh nechi bo‘lar ekan?
— To‘rt bo‘ladi.
Dadasi qiziga to‘rtta konfet bersa, qizi dermish:
— Voy, bilganimda 20 derdim...
Bir odam Rossiyaga boribdi. Qarasa bolakaylar ruscha gaplashib, o‘ynab yurishgan ekan. Boyagi odam qarab turib:
— Kichkina bo‘lsa-yam, rus tilini bilishadi-ya, - dermish.
Ona o‘g‘lini tishini oldirib, stomatolog xonasidan chiqaverishda bolasiga:
— Vrachga nima deyish kerak o‘g‘lim? - desa, bolakay:
— Qonxo‘r ablah! - debdi.
O‘g‘li otasiga debdi:
— Dada, men uylanmoqchiman!
Otasi:
— Avval kechirim so‘ra.
— Nimaga?
— Sen avval kechirim so‘rashing kerak!
— Lekin nima uchun kechirim so‘rayman? Gunohim nima?
— Uzr so‘ra!
— Nima qildim? Sababini ayting!
— Uzr so‘ragin.
— Xo‘p mayli, kechiring dada. Endi sababini aytarsiz?
— Ana endi uylansang bo‘ladi. Hech qanday sababsiz uzr so‘rashni o‘rganib olding. Bu uylanganingda juda kerak bo‘ladi.
— Dada, kecha ko‘chada bir ayol bilan kinoga kirib ketdingiz-a?
— Jim, onang bilmasin! Mana senga o‘n ming!
— Yo‘q dada, o‘n ming kam!
— Mana yigirma ming bo‘ladimi?
— Dada, ziqnalik qilmang! O‘tgan kuni oyim bilan qo‘l ushlashib ketayotgan amaki ellik ming berdi-ku...
Oila dasturxonidagi shirinliklar 2 turga bo‘linadi:
1. Shirinlariga
2. Bunisini adamiz yesinlar!
Maktabda o‘qiydigan bola adasidan so‘ramoqda:
— Ada, siz ko‘zingizni yumib imzo qo‘ya olasizmi?
— Ha, nima edi? – debdi adasi.
— Unday bo‘lsa, kundaligimga qo‘zingizni yumib, qo‘l qo‘yib bering...! – dermish bolakay.