Bolalar haqida latifalar

Yosh bolakay onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, asal ari asal beradimi?
— Ha bolajonim!
— Nega unda qovoq ari qovoq bermaydi?
Yosh bola otasidan so‘radi:
— Odamlar katta bo‘lganda o‘zgarishadi? Qolganlar-chi?
— O‘zgaradi. Qo‘zichoq qo‘y bo‘ladi, jo‘ja xo‘roz bo‘ladi...
Bolakay xursand bo‘lib chopqillab ketibdi:
— Ura, Matiz mashinamiz yaqinda Kaptiva bo‘lar ekan...
Bankomat yoniga bir ayol o‘g‘li bilan keldi.
— Hozir pul olib, ikkalamiz do‘konga boramiz, - dedi ona va bankomatga plastik kartochkasini qo‘yib, u yerdan pul oldi.
Buni ko‘rgan bola hayratlanib onasiga:
— Oyi, buni ichida dadam o‘tiribdilarmi?, - dermish...
Yosh bolakay onasiga kelib:
— Oyijon, men hisoblashni o‘rganib oldim.
— Juda-yam yaxshi. Nimani hisoblashni o‘rganding?
— Men hammani ahmoq deb hisoblayman!
Futbol o‘yinini tomosha qilayotgan Farhod dadasidan so‘radi:
— Nega hakam o‘yinchilarga qarab hushtak chalaveradi? Nima, ular gapga tushunmaydimi?
O‘g‘li matematika fanidan "2" baho olib kelibdi.
Ota:
— Nega "2" olding?
O‘g‘il:
— Ustozim 2+3 nechi bo‘ladi dedilar. Men 5 dedim.
Ota:
— Xo‘sh?
O‘g‘il:
— 3+2 nechi deb yana so‘radilar.
Ota:
— Tentak. Ahmoq. Esing joyidami? Ikkalasi ham bir xil-ku!
O‘g‘il:
— Men ham unga huddi shu so‘zlarni aytdim-da!
Afandi bir ashulachining ovozini hech yoqtirmas, u qayerda ashula aytsa, sekin turib ketar edi. Bir kuni Afandi ko‘chada ketayotsa, o‘sha ashulachi bir bola bilan kelayotgan ekan. Afandi so‘radi:
— Bu bola kimingiz bo‘ladi?
— O‘g‘lim,— dedi ashulachi.
Afandi peshonasiga urib dedi:
— Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho‘ri qurir ekan-da!
Kriminalist ota oilasida egizaklar dunyoga kelibdi.
Qarindoshlardan biri egizaklarni otasidan:
— Farzandlaringizni bir-biridan qanday ajratasiz? – deb so‘rashsa, kriminalist ota ishonchli javob beribdi:
— Barmoq izlaridan!
Xavotirga soladigan jumlalar:
1) Bu og‘ritmaydi;
2) San bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman;
3) Parolingiz noto‘g‘ri ko‘rsatilgan;
4) Kartangizda pul yetmayapti.
Bir kuni ota erka qiziga debdi:
— Bor hovlilarni supur.
Qiz:
— Vooy, - debdi.
Shunda ota:
— Unda idishlarni yuvib qo‘y.
Qiz:
— Vooy
Ota achchiqlanib debdi:
— Yana bir marta voy-voylasang erga berib yuboraman.
Qiz:
— Voy-voy-voy-voy!