Boshliqlar haqida latifalar
— Nega kulmayapsan, - deb so‘rashsa:
— Men bu yerda ishlamayman, - deb javob beribdi.
— Nega futbolga qiziqmasang ham, nuqul futbol ko‘rishga boraverasan?
Do‘sti bo‘lsa:
— Ishga borsam boshlig‘im baqiradi. Uyga borsam xotinim... Futbolga borsam men baqiraman.
— Kim paxta terimiga boradi?
— Men, - deb safdan chiqibdi ikkita askar.
— Barakalla!, - debdi komandir, — Sizlar men bilan mashinada, qolganlar esa piyoda qadam bos!
— Xo‘sh, tinchlikmi? Boshliq nima dedi?
— Ikkita yangiligim bor. Bitttasi yaxshi, ikkinchisi yomon...
— Yomonidan boshlayqol!
— Meni ishdan bo‘shatishdi.
— Yaxshisi-chi?
— Sen ham bo‘shatilding!
— Turing, qolganiga ertaga keling! - dedi.
— Ayol erkaksiz yashay olmaydi, erkak ayolsiz! Ikkalasi go‘yoki suv bilan baliqqa o‘xshaydi. Suv bo‘lmasa baliq o‘lib qoladi, baliq bo‘lmasa, suvga o‘rdak qo‘nmaydi...
Raisni gapini bir qari onaxon bo‘lib:
— Bekor gap! Meni cholim o‘lganiga 30 yildan oshdi. Yashayapman-ku, o‘lganim yo‘q, - desa Mahalla raisi:
— Onaxon, men baliq haqida gapirayapman, kapchyonnыy haqida emas, - dermish.
— Bu qanaqa savol?! Odam o‘lganidan keyin ham ishlarmidi?!
— Xo‘jayin, men ikki kunlik navbatchiligimni ishlab bo‘ldim, - debdi.
— Qanday qilib, - hayron bo‘lib so‘rabdi boshliq.
— Bugun tunda uxlab qolibman, hech kim uyg‘otmabdi-yam..., - dermish qorovul.
— Kim aksirdi? - so‘rabdi oqsoqol.
Hech kim javob bermabdi.
— Kim aksirdi deyapman?
Yana hamma jim...
— Oxirgi martta so‘rayapman, hozir kim aksirdi??? - qat’iy so‘radi oqsoqol.
— Men, rais, - deb bir kishi zo‘rg‘a ovoz chiqaribdi.
— Sog‘ bo‘ling!!! - debdi oqsoqol.
— Saflan! Tekislan! Rostlan!
— Safda turgan askarlardan biri qo‘l siltabdi.
— Oddiy askar Ivanov! - qichqiribdi praporshik, - Nima uchun burningizni qashlayapsiz?
— Chunki burnimga pashsha qo‘nib oldi.
— Nima qilibdi? Men «Rostlan» komandasini berdim-ku!
— Huddi shunday, o‘rtoq praporshik. Biroq pashsha komandangizni pisand qilmay burnim ustida shahdam qadam tashlashni davom ettiraverdi-da.