Boshqalar haqida latifalar

Diqqat kasting!
Ozdiradigan dori reklamasi uchun egizaklar taklif etiladi.
Egizaklarning biri judayam semiz, ikkinchisi esa ozg‘in bo‘lishi shart!
— Qayerda eding?
— Geografiya kitobining 67-sahifasini ochsang, bilib olasan.
— 67-sahifasi yirtib olingan-ku!?
— Endi tushungandirsan qayerda bo‘lganimni?!
Qandolat sexidagi e’lon:
Qand kasali borlarni ishga qabul qilamiz.
— Agar qo‘limda nechta mandarin borligini aytsang, ikkalasini ham senga beraman.
— Ikkita!
— Qanday topding???
Hozirgi zamonda 12 yoshga to‘lgan qizlarni sobiq yigiti bor. O‘sha qizlar sobiq yigiti uni butun yoshligini sarob qilgani haqida gapirib berishadi.
Ba’zi kishilar suhbat paytida siz bog‘dan kelsangiz, u padvaldan yugurib chiqadi.
Karam bilan sabzi cho‘milgani ko‘lga borishibdi.
Sabzi suvga tushib olib:
— Kel karam, cho‘milamiz, - debdi.
Karam:
— Hozir, yechinib olay, - debdi-yu, birozdan keyin yo‘qolib qolibdi.
Sud ketmoqda. Advokat debdi:
— Ana, guvoh aksirdi. Demak u to‘g‘ri gapiryapti.
Sudya unga:
— Esingiz joyidami advokat? - degan ekan.
Bir kuni tish shyotkasi sovunga dardini aytib qolibdi:
— Bilasanmi, odamlar men bilan tishlarini yuvishadi.
Shunda sovun xafa bo‘lib:
— Shukur qil! - degan ekan.
— Amerikada qora choyni nima deb aytishayotganini bilasanmi?
— Yo‘q.
— Yashil choyni o‘rtog‘i.