Boshqalar haqida latifalar

Qo‘llarni 20 soniya emas, 20 daqiqa yuvish kerak.
Hurmat bilan "Suvsoz" OAJ.
Bir yigit to‘tiqush sotib olsa, to‘tiqush juda yomon so‘zlarni aytar ekan.
Yigit to‘tiqushni ta’zirini berib qo‘ymoqchi bo‘lib, uni muzlatgichga solib qo‘yibdi.
Oradan yarim soat o‘tib, to‘tiqush kechirim so‘ray boshlabdi.
— Mayli, kechirdim. Xatolaringni tushunib yetganga o‘xshaysan! – debdi yigit.
To‘tiqush bo‘lsa yigitni qulog‘iga pichirlab:
— Eshak miyangga yana nimalar keladi?! – degan ekan.
Katta filarmoniya konserti boshlandi.
"Hozir Shestakovichning 6-simfoniyasi yangraydi!"
Orqa qatordan erkak kishining asabiylashgan ovozi eshitilibdi:
"Ko‘rdingmi! Tezroq yursang bo‘lmaydimi?! 5 ta simfoniyani o‘tkazib yuboribmiz!"
Aqlli kapalak atigi bir kun yashashini bilib qolib, o‘sha kuni jinoyat qilgan ekan, 15 kun o‘tirib chiqibdi.
Bir kuni uyda o‘tirsam, 4 tasi kepti.
Bir o‘zim 4 tasiga qarshi chiqdim. Har biriga bir shapaloqdan qo‘ygandim o‘ziga kelolmadi.
Sizlarni uyingizda ham chivin bormi?
Bizni shaharimizda qoidalar juda oddiy.
Yog‘ingarchilik boshlandimi? Demak, ko‘chalarga asfalt qilinadi.
Asfalt qilindimi? Demak suv quvurlari almashtiriladi.
— Nega ko‘pchilik karaokeda qo‘shiq kuylashni xohlamaydi?
— Ovozi yaxshi bo‘lmagani uchundir-da!?
— Yo‘q, o‘qishni bilmagani uchun!
Ayrim odamlar jamoat transportida yurishdan avval hammomga kirishni o‘ylashmaydi!

— Sen doim shunaqa jiddiymisan?
— Yo‘q! kulguli tomonlarim ham bor.
— Nimang kulgili?
— Oylik maoshim.

Uchta kasb egalariga hech tushunmayman:
— Futbolchilar o‘zi tepgan to‘pni o‘zi quvlaydi.
— Vrachlar bemorni qayeri og‘riyotganini bilib turib, "Qayeringiz og‘riyapti?" deb so‘raydi.
— O‘qituvchilar o‘zi bilgan savolni o‘quvchilardan so‘raydi.