Boshqalar haqida latifalar

Uchta IT-dasturchi farzandlari bor onaxon asabi "joyida" birorta tanishidan internetdan foydalanishni o‘rganmoqchi ekan.
Buyurtmachi rassomga:
— Meni suratimni tamomladingizmi?
Rassom:
— Ha, mana!
Buyurtmachi:
— Nega qovoqni rasmini chizdingiz?
Rassom:
— Men ijodkorman! Sizni shunday tasvirladim!
Miya ko‘rinmaydigan joyda joylashgan.
Lekin ishlamasa, darrov seziladi.
Ishsizlikni eng yomon ko‘rinishi - ishlamaydigan boshdir!
Bir kuni bo‘g‘irsoq hammomga sochiq ko‘tarib kirib ketayotganmish.
— Qayoqqa ketyapsan? - desa, bo‘g‘irsoq:
— Boshimni yuvib chiqay, - dermish.
— Do‘stim, dunyoga qara, nimalar bo‘lyapti-a?!
— Nima desam ekan!?
— Bir nima deyishni o‘zim ham bilaman. Faqat bunga tushuna olmayapman.

— Benzinni narhini ko‘rdingmi?
— Ha, hozircha ko‘rish tekinligidan hursandman...

Raketa oynalarini tonirovka qilib olgan kosmonavtlar oyni ko‘rmasdan yonidan uchib o‘tib ketishdi.
Eng yaxshi tong bu - o‘rningdan turding, yuvinib choy ichding va yana yotib uxlab qolding!
— Bugungi kun kechagindan nimasi bilan yodingda qoldi?
— Boshqa sana ekani bilan eslab qolaman.