DAN-xodimlari haqida latifalar

Hamma joyda ko‘zimga GAI xodimlari ko‘rinadigan bo‘lib qolibdi:
— Xojatxonaga kirib, unitazda o‘tirsam, hayolimda go‘yo mashinamda man-ku, tualet qog‘ozini remen o‘rniga yelkam osha tortibman...
Haydovchi DAN xodimiga:
— Soatiga bir yuz yigirma kilometr, deysizmi? Axir mening tezligim soatiga 30 kilometrdan ham past edi-ku?!
— Hali mashinam bir joyda to‘xtab turuvdi ham dersiz?
— Ha-ha, deryali shunday...
— Unda baribir jarima to‘laysiz: bu joyda to‘xtab turish taqiqlangan.
— Sizlarga mazza, mijozlardan choy-chaqa pulini olib turasizlar...
— Sizlarda-chi?
— Bizlarda buning uchun qamashlari mumkin.
— Qayerda ishlaysiz?
— GAIda...
— Oyijon, bugun maktabimizda bitirish kechasi bo‘lib o‘tadi. Brilliant uzugimni taqsam maylimi?
— Yo‘q! Mumkin emas!
— Nega endi mumkin emas?! Yangi yilga sovg‘a qilingan tilla zanjirni taqish mumkin emas, 8 martda sovg‘a qilingan "Matiz"ni minish mumkin emas — buvimnikida chang bosib yotibdi. Sakkizta lama paltoim bor, birortasini kiyib ko‘chaga chiqqanim yo‘q! Qachon mumkin bo‘ladi, qachon?!
— Ona qizim, adang nafaqaga chiqqandan so‘ng! Hozircha u oddiygina DAN xodimi, shuning uchun mumkin emas!
Katta yo‘l bo‘yidagi post GAI oldiga, bir kampir, qoziq qoqib, sigirini bog‘layapti. GAI xodimi kampirga:
— Enajon, nega asfaltga sigiringzni bog‘layapsiz, o‘tloqda boqsangiz bo‘lmaydimi?, - desa
Kampir:
— O‘tlokda boqdim. Yem berib boqdim semirmadi. Sen shu post GAIda bir yildan beri ishlaysan-a?
— Ha, bir yil bo‘ldi ishga joylashganimga. Meni kuzatib yuribsizmi enajon?, - desa
Kampir:
— Bir yil oldin ko‘rganimda ozg‘in eding, mana buqaday semirib ketibsan. Ajab emas, sigirim ham semirsa, - dermish
— Sizlar go‘zal va yoqimtoy qizlarga jarima yozmaysizlar deb eshitganman!?
— Juda to‘g‘ri eshitgan ekansiz! Qani haydovchilik guvohnomangizni bering, jarima rasmiylashtirishim kerak!
— Bir tanishimni qarindoshi bittagina g‘isht bilan uy-joy quribdi.
— Qanaqasiga, bir dona g‘isht bilan-a!?
— Ha, o‘sha qarindoshi GAI xodimi ekan. G‘isht esa - yo‘l belgisi!
Bir GAI xodimi menga qoidani buzganim rasmini jo‘natibdi. Men ham unga "jarima" to‘laganim haqdagi videoni jo‘natdim. GAI shokda.
Haydovchi bir qo‘li bilan rulni boshqarib, ikkinchi qo‘li bilan yonidagi qizni quchoqlab mashina haydab ketayotgan ekan.
Uni ko‘rgan DAN xodimi:
— Hoy ikki qo‘llab ushla - deb baqirib yo‘lini to‘ssa...
Haydovchi:
— Ha unda rulni kim boshqaradi? — dermish.
Kecha meni GAI xodimi to‘xtatib, qoidabuzarligim uchun jarima yoza boshladi. Shu payt xodimning cho‘ntagidan ikkita yap-yangi 50ming so‘mlik tushib qoldi.
Yerga tushgan pullarini olib, unga uzatsam, GAI xodimi menga jahl bilan:
— Pora taklif qilmay qo‘yaqoling! Jarima yozib bo‘ldim! - dedi.
Men esa bu pullar uning cho‘ntagidan tushganini aytib, hecham tushuntira olmadim. U ishonmadi.
Na iloj, 100 mingni cho‘ntagimga soldim-da, yo‘limda ketaverdim...