Doʻkon-bozor haqida latifalar

Ko‘chat bozorini aylanib yurgan xaridor sotuvchidan so‘rabdi:
— Bu daraxtingiz 3 yilda olma beradimi?
— Yo‘q, - debdi sotuvchi.
— 5 yilda beradimi? – so‘rabdi yana xaridor.
— Yo‘q, - debdi yana sotuvchi.
— Unda nyechi yilda olma beradi? – desa, sotuvchi:
— Hech qachon olma bermaydi! Axir bu behi-ku! – degan ekan.
Yaponiyalik ixtirochilar robot ixtiro qilishibdi. U robot o‘g‘rilarni ushlar ekan. Robotni Rossiyaga olib borishsa, u yerda kuniga 40 ta o‘g‘rini ushlabdi. Amerikada 50 tadan o‘g‘rini qo‘lga olibdi. Ippodromga olib kyelishsa, bir soatda robotni o‘g‘irlab ketishibdi.
Mediaparkdan televizor xarid qilgan yigit kassa yoniga kelganda, sotuvchi debdi:
— Sizda chegirmalar kartasi bormi? Bor bo‘lsa televizorni arzonroqga xarid qilishingiz mumkin.
Yigit:
— Karta bor! Men bu televizorni boshlig‘imga olyapman. Uni pulini tejashim shart emas...!
Rastada turgan pomidorlarni hammasi birma-bir ushlab chiqayotgan xaridorga qarab sotuvchi debdi:
— Hadeb ushlayvermang! Hammasini ushlab chiqganingiz bilan qattiq bo‘lib qolmaydi!
Xaridor do‘konda:
— “Xonaki tovuq tuxumlari”... Tovuqlarni o‘zi qani?
Sotuvchi:
— Katakda, albatta!
Xaridor:
— Narigi do‘konda “Xonaki tovuq go‘shtlari” deb yozilgan ekan. Shunga so‘rayapman...
Bitta bola do‘konga kirib:
— 1200 so‘mlik non bormi? – debdi.
— Bor, - deyishsa, bola:
— Nechi pul? – degan ekan.
Hozir zamon shunaqa! Sodda emasligingni isbotlash uchun tizzalari yirtiq shimni butun shimdan qimmatroqqa sotib olishing kerak.
Bir odam radioga telefon qilibdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha, radio!
— Salomlaringiz bo‘lsa marhamat yo‘llang.
— Meni bir iltimosim bor edi. Hovlimdagi supada mayizlar bor. Ularni quyoshda qurityapman. Radioni supamga qo‘yib bozorga ketsam, kelgunimcha har zamonda qushlarga “kisht-kisht” deb tura olasizlarmi...?!
Gul do‘koniga bir erkak kirib sotuvchiga debdi:
— Menga eng chiroyli guldastangizdan bersangiz... Xotinimga!
Sotuvchi:
— Juda ajoyib! Xotiningizni tug‘ilgan kunimi?
Erkak:
— Yo‘q, uchrashadigan kunimiz.
Sotuvchi:
— Tanishgan kuningizmi?
Erkak:
— Yo‘q. Men bir oydan beri uyga kelmayapman. Bugun uyga boraman, uchrashamiz.
Yosh qiz telefoniga qarab o‘tirsa, buvisi yoniga kelib:
— Shu telefoningni doim qo‘ldan qo‘ymaysan. Nimalar qilasan? – debdi.
Qiz javob beribdi:
— Qarang buvijon, mana bu onlayn do‘kon. Bu gruppalardan ko‘ylaklarni buyurtma qilsa bo‘ladi. Uygacha olib kelib berishadi. Men mana bularni buyurtma qildim...
Buvisi:
— Bolam, shuncha tungi ko‘ylaklarni nima qilasan? – desa, qiz:
— Buvijon, bu tungi ko‘ylaklar emas! O‘qishga kiyib boradigan ko‘ylaklar-ku axir!!! – dermish.