Doʻkon-bozor haqida latifalar

Yosh yigitcha kitob do‘konida sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizlarda "Qanday qilib 1 oy ichida millioner bo‘lish mumkin?", - degan kitob bormi?
— Bor! Mana, marhamat! Lekin sizga tavsiyamiz — bu kitobga qo‘shib "Jinoyat kodeksi"ni ham sotib oling.
Yapon olimlari robot ixtiro qilishibdi. U robot jinoyatchi-o‘g‘rilarni ushlar ekan.
Rossiyada sinovdan o‘tkazishsa, bir kunda 40 ta o‘g‘rini qo‘lga olibdi.
Amerikada sinovdan o‘tkazishsa, 50 ta o‘g‘rini qo‘lga olibdi.
Ippodrom bozoriga olib borishgan ekan, robotni o‘zini 1 soat ichida topa olmay qolishibdi.
Do‘konga kirib Elma tualet qog‘ozini xarid qildim-da, xaltaga joylayotsam, ortimdan kimdir kelib:
— Yumshoq ekanmi? - deb so‘radi.
— Ha, juda-yam sifatli, - dedim o‘girilmasdan.
— O‘tgan safar huddi shunisidan xarid qilgandim, afsuslandim... Shunaqangi qattiq ekan, ishlata olmadim, chidab bo‘lmaydi!
O‘girilib qarasam, bir yosh yigit tish tozalagich tanlayapti.
Suhbatimizni eshitib turgan kassir qiz kulgidan o‘zini bosa olmay qoldi...!
Xaridor so‘rayapti:
— Soyaboningizni sifati yaxshimi?
Sotuvchi:
— Ha, albatta, besh yilga kafolati bor, fakat uni yomg‘irdan va quyoshdan saqlash tavsiya etiladi.
Bir kishi sotuvchidan so‘rabdi:
— Sizda boks qo‘lqopi bormi?
— Yo‘q.
— Basketbol koptogi-chi?
— Yo‘q unaqa narsa!
— Konkilar bormi?
— Bu spirtli ichimliklar do‘koni! Siz so‘ragan narsalarning birortasi bo‘lmaydi bu yerda!, - debdi asabiylashgan sotuvchi.
— Unda bir shisha aroq bering!, - debdi-yu, past ovozda pichirlab, — Xotinimni gapini yerda qoldirmadim. Nima qilay, sport bilan shug‘ullanishga hech narsa bo‘lmasa...?
— Dugonajon, odamlarga ham hayronman-da. Kecha bir do‘konga kirib kupalnik sotib olmoqchi
bo‘lib "primerochnoy"ga kirsam, orqa tomonidan bir teshik teshib qo‘yishibdi. O‘sha teshikdan qarasam, bir barzangi yigit olma sotib o‘tiribdi. O‘sha barzangini teshikdan tomosha qilish kimga qiziq ekan, shunga hayronman-da?!
Do‘kon kassasida turgan qizni yoniga bir kishi kelib muloyimlik bilan:
— Yaxshi qiz, ikki pachka bering. Yo‘q, uch pachka, to‘rttasini beraqoling! - debdi.
— Nimani pachkasini? Antibiotik? Sirop? Yoki... Qayeriz og‘riyapti o‘zi?
— Hozir ko‘rsataman senga qayerim og‘riyotganini! - deb shimini cho‘ntagidan qurol chiqarib:
— Kassadagi hamma pullarni ber bu yoqqa! Biz o‘g‘rilarmiz!!!
Peshtokida «Ko‘ngil siringizni gul vositasida izhor eting!» shiori osilgan gullar do‘koniga bir yigit kiribdi.
— Menga bir dona atirgul bering, - debdi u sotuvchiga.
— Atigi bittami?
— Ha... Men juda kamgapman!
Supermarketda er qo‘xlikkina sotuvchi juvonga debdi:
— Bilasizmi, rafiqam do‘konda yo‘qolib qoldi. Siz menga bir-ikki daqiqa diqqatingizni ajrata olmaysizmi?
— Nega? — xayron bo‘libdi sotuvchi.
— Bilasizmi, men chiroyli ayol bilan gaplasha boshlasam bas, xotinimning o‘zi yerning tagidan bo‘lsa-da, paydo bo‘ladi.
Xaridor: — Mana bu sut kimniki?
Sotuvchi ayol: — Meniki
Xaridor: — Sigirniki yo‘qmidi?