Doʻkon-bozor haqida latifalar
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so‘rarmush.
— E badbaxt, qanaqa odamsan, ko‘zimga tiqib olasan-ku,— dedi.
Afandi hamma eshitadigan qilib dedi:
— Axir, ko‘zlaringiz bor ekan-ku, nega bu mevalardan yemay o‘tiribsiz?
— Shu kitobni oling, juda qiziq, kulaverib o‘lasiz,— dedi.
— O‘zingiz bu kitobni o‘qiganmisiz?—so‘radi xaridor.
Ularning gapiga quloq solib turgan Afandi kitob sotuvchiga ishora qilib:
— O‘qigan bo‘lsa tirik qolarmidi,— dedi.
Chol: — Senga o‘zim bir bosh oyoq kiyim oberay.
Kampir — Hop, dadasi.
Chol sotuvchi juvonni oldiga borib:
— Qizim bu ko‘ylaklaring necha pul?
Sotuvchi: — 30 000
Chol: — Ha, yaxshi. aaa, bu lozimingchi?
Sotuvchi: — 40 000
Chol: — Exe, bu qizim qimmat aytdinku. Qizim bunday qilamiz ko‘ylaging yaxshi ekan, mayli ko‘ylagingni ko‘taramiz, lozimingni tushiramiz. Qanchaga byerasan?
Shunda kampir:
— Hay, yashamagur chol-a
— Ha, qayoqqa yo‘l oldingiz?
— Bozordan ot sotib olaman, - debdi eri.
— Xudo xohlasa deng adasi! – debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Pulim bor. Bozorga ketyapman. Xudo xohlasa ham, xohlamasa ham aniq ot olaman, - deb bozorga ketibdi.
Bozorda yurib-yurib bir otni tanlabdi-da, cho‘ntagiga qo‘lini solsa, pullar yo‘q emish.
Uyga bo‘sh qaytgan eridan xotini:
— Ot qani adasi? – deb so‘rasa, eri:
— Xudo xohlasa kisavurlar o‘g‘irlab ketishdi, - dermish.
— Kecha men sizlardan “Millioner bo‘lish sirlari” degan kitobni sotib olgan edim.
— Ho‘sh?
— Kitobning deyarli yarmi yo‘q ekan.
— Nima, sizga yarim million yetmaydimi?
— Qalaysan do‘stim? Nima ish qilyapsan?
— Biznes. O‘zing-chi?
— Meni ham biznesim bor. Senda nima biznesi?
— Shahar markazida restoranim bor. Kunduzi besh-oltita, kechasi sal ko‘proq mijoz kiradi. Senda-chi?
— Menda tumonot odam navbatda turadi. Kelajakda yana kengaytirishni o‘ylab turibman.
— Havasim kelyapti? Biznesing kattami?
— Juda katta. 2 ta bozorning o‘rtasida somsaxona ochganman!
— Siz bu pullarga hech narsa sotib ololmaysiz. Axir bu pullaringiz soxta-ku! – desa, xaridor:
— Men bu pullarni maydalamoqchiman xolos! Hech narsa sotib olmayman! – degan ekan.
— 1 ta buxanka non olingda, tuxumni so‘rang. Bor bo‘lsa, 10 ta oling!
Eri do‘konga kirib sotuvchiga debdi:
— 1 ta buxanka bering. Tuxum bormi?
— Bor, - debdi sotuvchi.
— Unda 10 ta buxanka berasiz, - dermish eri.