Doʻkon-bozor haqida latifalar

Bir bolakay do‘konga kelib sotuvchiga debdi:
— Kecha menga qaytim berishda 5000 mingga adashibsiz!
Jahli chiqqan sotuvchi bolakayga o‘dag‘aylab:
— Kecha shuni aytmaysanmi?! Endi kech bo‘ldi. Qayerdan olib beraman syenga 5000 ming pulingni?! - desa, bolakay orqasiga o‘girilib:
— Mayli, 5000 mingni sizga qaytarib bermoqchi edim-da..., - deb ketib qolibdi.
Xotininga nima sovg‘a qilmoqchisan?
— O‘zimga qolsa, hech narsa. Xotinimga qolsa, butun "Otchopar" bozorini so‘raydi.
Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do‘koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi.
— Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so‘radi zargar.
— Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do‘koni bo‘lsa kerak-a?
— Yo‘g‘-e, ko‘zingiz ojizroqmi o‘zi? — dedi zargar o‘zicha hazillashgan bo‘lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku!
— Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o‘ngidan kelayotganga o‘xshaydi-ya?
— Qayoqdan bildingiz?
— Shunday katta do‘konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib...
Bir kishi zoodo‘kondan "gapira oladigan" to‘tiqush sotib olibdi.
Ertasi kuni qaytib kelib:
— Kecha sizlardan sotib olgan to‘tiqushim gapirmayapti! - debdi.
Sotuvchi:
— Qo‘ng‘iroqcha xarid qilib, qafasga osib qo‘ying, gapiradi, - debdi.
Xaridor qo‘ng‘iroqchani olib, uyga ketibdi. Ertasiga yana qaytib kelibdi:
— Baribir gapirmayapti, - debdi.
— Ko‘zgu sotib olib, qafas ichiga o‘rnatsangiz, gapiradi, - debdi sotuvchi. Xaridor hamma kerakli narsalarni - ko‘zgu, arg‘imchoq, qo‘noq sotib olib, qafas ichiga ilib tashlabdi.
Bir haftadan keyin do‘konga qaytib kelgan xaridor o‘zida yo‘q xursand emish. Sotuvchi:
— Nima bo‘ldi ? - desa, to‘tiqush egasi debdi:
— Gapirdi! Gapirdi! Sotuvchi:
— Nima deb gapirdi? - desa,
— Qachon ovqat berasan, qovoqmiya!!! dedi - debdi xaridor quvonib...!
Marshrutkaga bozordan bir ayol katta sumkalari bilan chiqdi. Yonida yoshgina qizalog‘i ham bor ekan. Bir amallab o‘rindiqqa joylashib olib, ayol qiziga dedi:
— Adang shuncha narsa olganimizni ko‘rib nima derkinlar-a?!
Qizaloq bo‘lsa hech ikkilanmay:
— Bozorda biror narsa qoldimi o‘zi deydilar, - debdi.
Do‘konda:
— Salom, bir kilo sut bering.
— Kesib beraylikmi yo qog‘ozga o‘rabmi?
Soqov kishi bozorda gazli suv sotar ekan. Bir odam gaz suv ichib bo‘lib:
— Necha pul? - deb so‘rasa, soqov sotuvchi imo-ishora qilibdi.
— Suv necha pul? - deb yana so‘rabdi.
Sotuvchi yana imo-ishora qilgan ekan haligi odam to‘lmasdan ketayotsa, suv sotuvchi baqirib:
— Aka suvni pulini berib ketmaysizmi?! - der emish.
Bir kishi do‘konga kelib:
— Non bormi?
— Yo‘q.
— Choy bormi?
— Yo‘q.
— Shakarchi?
— Yo‘q.
— Do‘konlaringda hech nima yo‘q bo‘lsa, nega yopib qo‘ymaysizlar?
— Yopishga kalit ham yo‘q...
— Senga umringda birortasi "go‘zal" deb aytganmi?
— Ha. Bozorda, — Kartoshkadan olib keting, go‘zal qiz! - deb aytishgan...
Magazinda. Sotuvchi xaridor yigitga:
— Qaytimizga "Mikki Maus"ni rasmi bor saqich beraveraymi?" - desa
Xaridor:
— Nima, men sizga yosh bolamanmi, "Mersedes"ni rasmi bor saqich bering" - dermish