Piyonistalar haqida latifalar

Bir alkash yo‘lda ketayotsa, oldidan 200 so‘m chiqibdi.
— Man qaydagi 200 so‘mga egilmayman, - debdi-da, cho‘ntagidan 500 so‘m chiqarib:
— 700 so‘mga egilsa bo‘ladi, - dermish
Ikkita alkash suhbatidan:
— Bilasanmi oshna, hozirgi odamlar juda farosatsiz bo‘lib ketishgan
— Nega unday deyapsan?
— Kecha hushyorlik bilan pivoxonadan chiqayotsam, kimdir qulog‘imni bosib oldi.
Shermat-aka ishlab turgan ekan. Bir alkash kelib:
— Xormat-aka shermang, - desa.
Shermat-aka:
— Ha, "gapgan topingni qarayu", - dermish
Bir mast avtobusga chiqib o‘tirdi. Birozdan so‘ng yonidagi ayolning yelkasiga qiyshayib boshini qo‘yib oldi. Ayolning jahli chiqib kesatdi:
— Balki, ustimga ham chiqib olarsiz?!
— U-ho‘, - dedi mast g‘o‘ldirab, - ko‘ngillari yana nimani tusaydi?
Usta ishni tugatib:
— Xizmat hakiga aroq bering.
— Pul bersam bo‘lmaydimi?
— Pul olishdan qo‘rqaman. Pul bersangiz ichib qo‘yaman...
Er rosa ichib, kayfda uyga keldi. Xotiniga mastligini bildirmayman deb harakat qilibdi. Xotin buni sezib gap boshladi:
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.
— Bemor nimadan vafot etdi?
— Muhabbatdan!
— Shunchalik sevarmidi? Kimni?
— U aroqni jonidan ortiq ko‘rardi!
Bir ayol hikoya qilibdi:
— Kecha erim yana ichib, juda kech keldi. Indamay yotaverdim. 10 minut shitir-shitir qildi.
Oxiri chidolmay gapirvordi: "Hech bo‘lmasa javrab qo‘ysang-chi, yotoqxona eshigini topolmayapman!".
Bir mast odam militsiyaga qo‘nqirok qilib:
— Allo, militsiya. Bu yerda 1000 kishi o‘lib yotibdi.
Militsiya:
— Allo, allo, siz hozir qayerdasiz?
— Qabristonda.
Ikki aroqxo‘r aroq olgani do‘konga kirishibdi. Biri ikkinchisiga:
— Ikkita olaymi yoki bittami, - debdi.
Ikkinchisi:
— Bitta olaqol. Kecha bittasi qolib achib ketdi, - debdi.
Shunda birinchisi sotuvchiga:
— Bizaga 2ta aroq bilan bitta qurt bering, - debdi.