Piyonistalar haqida latifalar

Mast holda kelgan er sekin eshikni ochib, yotoqqa kirib, yechinib, yotishi bilan, yonidagi ayol baqiribdi:
— Yana ichib keldingizmi?
— Qayerdan bilding?
— Siz ro‘paradagi qo‘shnimsiz-ku! Yo‘qoling uyingizga!
— Qani oldik, ichamizmi?
— Nima munosabat bilan?
— Bugun 15.10.2016!
— Xo‘sh nima bo‘pti?
— Bunaqa sana hayotda bir martta bo‘ladi axir!
Uchta g‘irt mast bir taksini to‘xtatib chiqishibdi. Taksichi hazillashib mashinani o‘t oldirib joyidan jildirmay besh daqiqacha turib, keyin mashinani uchirib:
— "Yetib keldik tushinglar" — desa. Birinchi mast rahmat aytib tushib ketibdi. Ikkinchi mast yo‘lkirani to‘lab tushibdi. Uchinchisi taksichini boshiga bir shapatdan beribdi. Taksichi ichida bunisi sezib qoldi deb o‘ylab tursa...
Uchinchi mast
— "Sen odamlarning hayotiga javobgarsan! Ikkinchi bunaqa tez haydamagin" — dermish.
Hammom bilan bar yonma-yon joylashgan ekan. Bir kishi hammomdan kiyimsiz chiqib, barga kiribdi-da, barmenga debdi:
— Pivo quy!
Barmen pivo quyib berib, haligi kishiga qarab tursa, — Nima, kiyimsiz odam koʻrmaganmisan? – debdi.
Barmen:
— Yoʻq koʻrganman. Faqat pivoni pulini qayerdan olarkan deb qarab turibman, - dermish.
Bir kuni o‘rmonda barcha hayvonlar bazm uyushtirib o‘tirishsa, bir quyon xansirab kelib, "Joningdan umiding bo‘lsa qochib qol!" debdi.
Hamma turib qocha boshlabdi. 2 km yugurishgandan keyin sher to‘xtab:
— Men hayvonlar shohi bo‘lsam, kim quvib kelayapti, - deb so‘rasa, quyon:
— Erim uyga mast bo‘lib keldi. Jahli juda chiqqan, - dermish.
Oyog‘ida tura olmayotgan mast odam uyiga kelib, oshxonadagi muzlatkich eshigini ochibdi-da:
— Sebzorga! Nechi pul? Yo‘q deysanmi...? - debdi.
Keyin nima bo‘lgani esida yo‘q. Ertalab oshxonani bir burchagida uyg‘onib qarasa, muzlatkichni sindirib tashlagan ekan.
Xotini uyg‘onmasidan muzlatkichni olib, ustaxonaga yuguribdi.
Birozdan so‘ng xotini turib, oshxonaga chiqib qarasa, muzlatkich yo‘q emish. Shunda xotini:
— Oxiri ko‘ndiribdi-da Sebzorgacha..., - dermish.
Mast odam beshinchi etajdan pastga yiqilib tushibdi. Atrofini odamlar o‘rab olib:
— Nima gap?, nima gap?, - deyishsa, yiqilgan odam asta o‘rnidan turib:
— Men qayerdan bilaman nima gapligini?! Hozirgina tushgan bo‘lsam, - dermish.
Eri yarim kechasi uyga ko‘chadan shirakayf kirib kelsa, xotini jahl bilan:
— Yana ichib-chekib, kayfu-safo qilib yuribsanmi ?, - desa, eri:
— Azizam, xasadgo‘ylik yomon! Bu odatingni tashla!, - debdi.
Er:
— Bilasanmi, xotinjon, tuya sakkiz kun ishlab, hech narsa ichmasligi mumkin ekan!?
Xotin:
— Men sakkiz kun ichib, hech qanday ish qilmaydigan tuyani-yam bilaman, - dermish.
Xotin kechasi ichib kelgan mast erini o‘rniga yotqizmoqda:
— Azizam, shiftda uchib yurgan nima?
— Pashsha-ku!
— Nega u oppoq?
— Hozir kechasi bo‘lsa, tungi ko‘ylagini kiyib olgandir-da!