Piyonistalar haqida latifalar

Bir ayol gazetaga e’lon beribdi:
— Ichmaydigan, chekmaydigan odamga turmushga chiqaman. 5 xonali uyim, dalahovlim, 2 ta mashinam bor.
E’londan ko‘p o‘tmasdan, bir mast kishi qo‘lida sigaret ayolni eshigini taqillatibdi:
— Kechirasiz, gazetadagi e’lon bo‘yicha kelgandim.
Ayol:
— Iye, men gazetaga ichmaydigan,chekmaydigan odam kerak deb e’lon bergandim.
— To‘g‘ri, shunchaki mendan umid qilmang! Shuni aytib qo‘yishga kelgandim.
Kecha uyga ichib kelsam, bolalarim ham, xotinim ham meni tanishmadi.
Ertasi kuni uyg‘onsam, boshqa xonadonga kirib qolgan ekanman.
3ta alkash sahroda 3 yashik aroq bilan, zakuskaga 1 dona pista bilan qolib ketishibdi. 1.5 yashik aroqni ichib, pistaga tilini tekkizib zakuska qilib turishsa, birdan bitta alkash bilmay pistani chaqvoribdi. Qolgan 2ta alkash bir ovozda:
— San bo‘tga pista chaqqani keldingmi yoki aroq ichganimi? - dermish.
— Azizim men chiroylimanmi?
— Ha, chiroylisan!
— Meni sevasizmi?
— Ha, sevaman!
— Unda ichishni tashlasangizchi?
— Unda ko‘zimga yalmog‘izdek ko‘rinasanda, - dermish
Bir kuni o‘zbek bilan rus suhbatlashib qolishibdi:
— Ayt-chi, 10ta 100 gramm qancha buladi? - so‘rabdi o‘zbek.
— 1 litr bo‘ladi, - debdi rus.
— Ana ko‘rdingmi!? Hammada 1 kilogramm bo‘ladi. Faqatgina sizlarda 1 litr bo‘ladi, - dermish o‘zbek.
Alkashlarda 250+250=500 emas, 1 ta butun bo‘ladi.
Bir odam barda qo‘lidagi qadahni aylantirib ichsammi ichmasammi, - deb o‘ylanib o‘tiraveribdi. Buni kuzatib o‘tirgan bir krutoy yigit kelib:
— Sen o‘zi ichasanmi ichmaysanmi? - deb, qadahni bir ko‘tarishda ichib qo‘yibdi-da, haligi odamni masxara qilib tirjayibdi.
O‘ylanib o‘tirgan boyagi kishi unga qaragancha, o‘zicha pichirlabdi: "Ishdan haydaldim, mashinam pachoq bo‘ldi, bankdan yuz million kreditim bor, xotinim tashlab ketdi, endi esa zaharimni ham mana bu ahmoq ichib qo‘ydi", - dermish
Bir kuni er kechasi ichib kelib tualetga borib xotinini oldiga yugurib kelib:
— Onasi hojatxonaga jin kirib olibdi, - desa
Xotini:
— Nima bo‘ldi? - debdi.
Er:
— Hojatxonani eshigini ochsam, chirog‘i yonayapti, eshigini yopsam chirog‘i o‘chayapti, - debdi
Xotin:
— Obbo, yana sovutgichni hojatxona bilan adashtiribsiz-a, - dermish
Teatrda katta premera ketyapti. Sahnada aktyorlar rol ijro etishyapti. To‘satdan tomoshabinlar orasida mast odamning ovozi:
— Zalda vrach bormi? Bormi vrach orangizda?
Hamma o‘rnidan turib, zalda vahimali shovqin boshlanib ketibdi. Aktyorlar ham to‘xtab qolishibdi.
Shu payt oldingi qatordan bir odam:
— Ha, men vrachman. Nima gap? - desa, shirakayf ovozda haligi mast kishi:
— Zo‘r spektakl ekan-a, hamkasb!? - dermish.
Er-xotin restoranga kirishibdi. Xotini restoranning bir burchagidagi stolda aroq ichib o‘tirgan yigitni ko‘rsatib eriga debdi:
— Qarang, shu yigitni men 5 yil avval tashlab ketgan edi. Hanuzgacha ichib yuribdi.
Eri ishongisi kelmay:
— Qo‘ysang-chi, hech kim bunchalik uzoq nishonlamaydi-ku...!? - degan ekan.