Piyonistalar haqida latifalar
— Nega har kuni aroq ichasan?
— Unutish uchun, - debdi.
— Nimani unutish uchun?
— Aroqxo‘rligimni unutish uchun!
— Xotin, kimga aytyapman, och eshikni!
Yaqindan o‘tib ketayotgan posbon yoniga kelib:
— O‘rtoq, nima gap?! Qani, «puf» deng-chi?!
Mast jon-jahdi bilan puflagandi, posbon o‘zi chayqala boshladi va simyog‘ochni taqillatib baqirdi:
— Qanaka xotinsiz, o‘zi? Oching eshikni!
— Nima qilamiz? Piyoda ketaveramizmi yoki itni kutamizmi?
— Oddiy askar Aliyev!
— Men!
— Faraz qiling, postda turibsiz. Kimdir post tomon emaklab kelmoqda. Qanday ish tutasiz?
— Ichib, oyog‘ida tura olmay qolgan batalon komandirini uyiga eltib qo‘yaman.
Birinchi xotin:
— Erim har bayram kunlari to‘yib aroq ichadi.
Ikkinchi xotin:
— Meni-yam erim ichadi. Faqat choyxonaga borgan kunlari ichadi.
Uchinchi xotin:
— Meni erim... – deb tursa, eri kelib qolib debdi:
— Xotin, kalendarga qara-chi, bugun bayrammi? “Yo‘q” deysanmi!? Unda men choyxonaga ketdim, – dermish.
Kayfiyev javob beribdi:
— Serjant unvonini nima qilaman, ichsam o‘zimni Generaldek his qilaman-ku.
— Ha, nimalar deb baqirdim o‘zi? Eslay olmayapman!
— "Tashqariga chiqmoqchiman, menga eshikni olib keling!" deb ofitsiantga rossa o‘dag‘aylading...
— Yo‘l haqi uchun qani?!
Mast odam birdan xursand bo‘lib:
— Ana! Topdim! Yo‘l haqi uchun, mana oldik! – deb qadahdagi aroqni ichib yuboribdi.
— Nima bo‘ldi og‘ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o‘n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish.