Piyonistalar haqida latifalar

Ishxonada majlis. Boshliq:
— Bugun juma. Bu kichkina shanba degani. Ishlamaymiz. Kechki payt o‘tirish!
Ertaga shanba – o‘tirishni davomini qilamiz!
Yakshanba kuni bosh og‘rig‘iga davom ettiramiz!
Dushanba – ishxonada bosh og‘rig‘iga olamiz va uyga ketamiz!
Seshanba – ichmaymiz. Lekin bunday dam olishlardan keyin ishlash ham noto‘g‘ri bo‘ladi!
Chorshanba – ishga chiqamiz va jon berib ishlaymiz!
Payshanba kuni juma kuniga tayyorlanamiz va ishlamaymiz!
Juma kuni esa avval aytganimdek – kichik shanba! Hammaga tushunarlimi?
Zaldan ovoz eshitildi:
— Kechirasiz—ku, lekin shu chorshanba kunidagi axmoqgarchilik qachon yo‘q bo‘ladi?
Abdurayim tog‘a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog‘a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog‘miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo‘lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog‘a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo‘lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...
Avtobus bekatida g‘irt mast kishi simyog‘ochga suyanib turibdi. Boshqa mast uning oldiga kelib so‘rayapti:
— Nima qilayapsan bu yerda?
— Avtobus kutyapman.
— Jinnimisan, kim seni bunday uzun yog‘och bilan avtobusga qo‘yadi?!
Kema cho‘kib, faqat uch kishi omon qolishibdi.
Negr, yapon va rus. Uchchalasi suzib, bir orolga borishibdi. Qarashsa, orolda bir yashik aroq turganmish. Uni ustiga esa "Tilak aytib ichsangiz, albatta bajo keltiriladi" deb yozilgan ekan.
Negr:
— Sog‘-omon uyga qaytishni istayman, - debdi-yu, ichib oroldan yo‘q bo‘lib qolibdi.
Yapon:
— Meni ham uyga qaytar, - deb ketibdi.
Rus esa aroqni olib:
— Bir yashik aroqni kim ichadi? Yapon va negrni qaytar, - deb ichib yuboribdi.
Ikki ovchi o‘rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko‘zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go‘shakni tutganicha qichqiribdi:
— Do‘stim o‘lib qoldi! Nima qilay?
Narigi tarafda operator javob qilibdi:
— O‘zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do‘stingiz rostdan ham o‘lib qoldimi?
Bir necha soniya jimlikdan so‘ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So‘ng ovchi operatorga debdi:
— O‘lganligi aniq, xo‘sh, endi nima qilay?
— Kecha yaqin do‘stim bilan uzoq maslahatlashib ichishni tashladik
— O‘-o‘ zo‘rku. Bugun yuvarkanmizda.
Uch og‘ayni suhbatlashib qolishibdi. Birinchisi:
— Men o‘tgan yili yangi yilni Gavaya orollarida kutib olgandim.
Ikkinchisi:
— Men esa, okean tubida kutib olganman. Ajoyib bo‘lgandi...
Uchinchisi:
— Ikkaloving ham men bilan choyxonada kutib olgansan! Kamroq ichish kerak edi!
Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
Ikki o‘rtoq aroq ichib, ko‘zi qizarib ketibdi.
— Endi qanaqa qilib ketamiz? Yo‘lda GAI to‘xtatsa, ko‘zimizni ichi qizarib ketgan...?! - debdi birinchisi.
O‘rtog‘i o‘ylanib turib debdi:
— Mashinani sen haydaysan. GAI to‘xtatsa, "Ko‘zimga pashsha kirib ketdi. Shunga qizarib qoldi" degin, - deb o‘rgatibdi.
Ozgina yurishsa hamki, GAI to‘xtatibdi. Yigitga GAI tikilib qarab:
— Nima, ko‘zingizga pashsha kirib ketdimi? - desa, yigit shoshib qolib:
— Yo‘q, ichgandim, - dermish.
Yo‘l patrul xizmati mashinasi restoran yonida navbatchilik qilmoqda. Restorandan uchta kishi mast holatda chiqib kelib, har biri o‘zlarini mashinasi o‘tirishadi. Bir payt qarasa, orasida bitta mast erkak umuman oyoqda tura olmaydigan ahvolda rulga o‘tirib, haydab ketibdi.
DAN xodimi o‘sha mashina orqasidan quvlab ketadi. "Darhol avtomobilni to‘xtating", deb to‘xtib qarasa, mashinadan umuman ichmagan, hushyor holatda haydovchi tushib kelibdi. Buni ko‘rgan inspektor hayron bo‘lib:
— Axir qanaqasiga? Siz g‘irt mast edingiz-ku?! - desa, haydovchi kulib:
— Bugun GAIni chalg‘itish navbati menga kelgandi-da, - dermish.