Piyonistalar haqida latifalar

Bir kishi har kuni barga kirib, cho‘ntagidan bir siqim tanga chiqarar ekan-da, — Pivo quy! Qaytimi kerak emas, - deb tangalarni sochib yuborarkan.
Bir gal yana shunaqa qilgan ekan, sotuvchi yerdagi hamma tangalarni yig‘ib:
— Qaytimi menga ham kerak emas, - deb uzoqroqqa sochib yuboribdi.
Haligi odam tangalar yotgan joyga borib, bir dona tangani cho‘ntagidan olib, yerga tashlabdi-da:
— Unda yana bitta pivo quy!, - dermish.
Yarim kechada uchta mast kishi temir yo‘ldan ketisharkan, biri dedi:
— Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?
— Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, dedi ikkinchisi.
Uchinchisi yengil tin olib:
— Hechqisi yo‘q, ana lift kelyapti, - dermish.
Bir piyonista kishi doktorga boribdi. Vrach:
— Nima bo‘ldi, shikoyatingiz? - deb so‘rasa, haligi odam:
— Kecha og‘aynilarim bilan bolalarni sog‘ligi uchun ichdik, ayollarimizni sog‘ligi uchun ichdik, qo‘shnilarni sog‘ligi uchun ichdik, oxiri negadir o‘zimni sog‘lig‘im yomonlashdi, - dermish.
— Quyaymi?
— Yo‘q, ichmayman, ruldaman
— Unda nega ziyofagga mashinangni minib kelding?
— Mensiz ichib qo‘ymanglar deb, shoshilib minib keldim-da!
Ayol eriga qarab:
— Bundan keyin aroq ichmaslikka so‘z berasizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa xotinini yonida shirakayf turib, hayol suryapti:
“15 yildan beri shu xotinim bilan yashayman. Haliyam mendan umidi katta...”
Bir kishi har doim aroqni to‘qqizta piyolaga quyib, birinchi va to‘qqizinchisini olib qo‘yarkan. Qolganlarini esa ichib yuborarkan. Buning sababi nima ekanini undan so‘rashganida:
— Birinchisini ichish qiyin, to‘qqizinchisini ichsam mast bo‘lib qolaman, - dermish...
Bir akaxon shirakayf uyiga kelsa, xotini supurgini qo‘liga ko‘tarvolib, kutib olibdi. Akaxon tiz cho‘kib:
— Jon-xotinjon bizni kimlarga tashlab uchib ketmoqchisan, supurgingni ushlavobsan dermish...
Barmen oldida bo‘sh stakan turgan, shirakayf mijozning oldiga kelib:
— Stakaningiz bo‘shab qolibdi. Yana bitta xohlaysizmi?
— Ikkita bo‘sh stakanni nima qilaman?
Tunda ikki mast ko‘chada ketayotib, yonib turgan chiroqqa ko‘zlari tushib qolibdi.
1-mast:
— Bu - quyosh, - desa,
2-mast:
— Yo‘q, bu - oy, - deb tortishib ketishibdi.
Ular tortishayotsa oldilaridan bir odam o‘tib qolibdi.
Shunda haligi mastlar:
— E birodar, bir minut... Anavi quyoshmi yoki oymi? Biz hech kelisha olmayapmiz, - deyishsa, haligi odam:
— Kechirasizlar akalar, men bu mahalladan emasman, - dermish.
Ayolning eri yana ichib kelibdi. Xotini doimidek janjal ko‘taribdi.
— Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o‘lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?
— Nima qilay, aroq suyuq, ichiladi. Agar qattiq bo‘lganda, g‘ajirdim...