Piyonistalar haqida latifalar

— Salom, mening ismim G‘ulom. Men alkogolikman. Men aroq ichaman.
— Salom, men Sherzodman. Men ham alkogolikman. Men asosan viski ichaman.
— Salom, men Hamid bo‘laman. Men barmenman. Buyurtmani qabul qildim.
Bir kuni mast er uyga kelib eshikni taqillatibdi:
Er:
— Men go‘zal ayolga gul olib keldim!
Xotin eshikni ochib qarasa gul yo‘q:
— Qani gul??
— Qani go‘zal ayol???

— Bekor ichishni tashlabmizda, shunaqayam xumori tutyaptiki...
— Kel senga topishmok aytaman, topa olsang, ichamiz, topa olmasang, ichmaymiz
— Ayt!
— Botqoqda yashaydi, vaq-vaq deb sayraydi, boshi QUR oxiri BAQA. Qani top-chi bu yashil jonivorning nomi nima?
— Jirafa!
— E, kallangga qoyil! Topding!
Mast-alast odam oyoqda zo‘rg‘a yurib ketyapti. Bir qadam oldinga, uch qadam orqaga qadam tashlarmish...
Orqasidan kuzatib ketayotgan qari onaxonni rahmi kelib:
— Bolajonim, orqa bilan yuraqolgin! Tezroq uyingga yetib olasan!!! - dermish.
Bir piyonista odam baliq oviga borib, qarmoq tashagan ekan, oltin baliq qarmog‘iga ilinibdi-da, har doimgidek oltin baliq uni tilagini bajarishini aytibdi. Faqat u baliq uchta emas, ikkita tilak bajaradigan baliq ekan.
Mast odam baliqqa qarab debdi:
— Menga shunaqa shisha bergin-ki, ichida pivosi bo‘lsin. Qancha ichsam ham tugamasin.
Oltin baliq darrov tilagini bajarib, aytgan shishasini qo‘liga beribdi. Piyonista ichib ko‘ribdi. Yana ichibdi. Pivo hech tugamasmish.
— Zo‘r shisha ekan. Hoy tilla baliq, shu shishadan yana bitta ber, - dermish.
— Me’yorini bilmay ichganlarni o‘lguday yomon ko‘raman. Kecha meni mashinaga ko‘tarib ketayotib, yerga uch martta tushirib yuborishdi-ya, la’nati piyonistalar.
Yo‘l patrul xizmati xodimi shubhali mashinani to‘xtatsa, ruldagi haydovchi g‘irt mast emish.
— Ichib turasizmi haydovchi? - deb so‘rabdi xodim.
Haydovchi aroq to‘la piyolani unga uzatib:
— Siz bilan birinchi martta, - degan ekan.
Ikkita yangi boy uchinchi yangi boyni qo‘ltig‘idan ushlab olib ketyapti. Bir yo‘lovchi ularga qarab:
— Nega buni qo‘ltig‘idan yetaklab oldinglar? Mastmikan, ko‘p ichvoribdimi, - desa.
Boylar:
— Yo‘g‘e, buni mashinasi remontda, hecham piyoda yurmagan, yurishni o‘rgatyapmiz, - dermish
Piyonistaning tashvishi:
"Nega aroq ichsam, meni aroqxo‘r deyishadi? Fanta ichsam, fantastik deyishmaydi???"
Bir odam pullarini yo‘qotib qo‘yib Xudoga iltijo qilayotgan ekan:
— Ey xudojon agar pullarimni topib bersang, butun umr faqat yaxshi savob ish qilaman. U pullarimga boshqa ichmayman! Tinmay ibodat qilaman, - deb qo‘llarini ko‘kka cho‘zib yig‘lab turgan ekan, shunda bir chekkada pullari yotganmish.
Shunda haligi kishi tezda ko‘z yoshlarini artib:
— Bo‘ldi kerakmas, o‘zim topdim, - dermish.