Dugonalar haqida latifalar

Uchta yosh qiz vokzalda yurib ketayotgan poyezd ortidan "hay-hay"lab yugurib borishayotgan ekan. Bir payt ikkitasi poyezdga yetib, chiqib olibdi. Poyezd jo‘nab ketibdi. Uchinchi qiz esa qo‘lidagi yuklari bilan ularning ortidan xandon otib kula boshlabdi. Vokzal navbatchisi:
— Nega kulyapsiz?, - desa, qiz:
— Anavi poyezdga chiqib ketgan dugonalarim aslida meni kuzatgani chiqishgan edi, - debdi.
Ikki dugonalar suhbatlashib o‘tirishsa, biri debdi:
— To‘ying qachon?
Ikkinchisi:
— Bilmadim. Yigitim avval meni qarindoshlari bilan tanishtiradi, keyin to‘yimiz bo‘ladi.
— Xo‘sh, qarindoshlarnikiga bordingizmi?
— Ha, eng uzoq qarindoshlari bilan tanishtirishdan boshladi. Kecha hayvonot bog‘ini aylanib chiqdik.
— Guli, yuzingga nima qildi? Huddi eri urgan xotinni yuziga o‘xshab qolibdi.
— Yashshamagur sigirimiz, shunaqa qilib qo‘ydi.
— Voy, yuzingga tepib yubordimi?
— Yo‘q, har kuni sog‘ayotganimda dumi bilan yuzimga uraverardi. Dumi qimirlamasin deb, g‘isht bog‘lab qo‘ygandim.
Ikki dugona do‘konga kiribdi. Birinchi qiz Yogurt sotib olibdi-da, shu zahoti ustidagi qopqog‘ini ocha boshlabdi. Buni ko‘rgan ikkinchisi:
— Esing joyidami? Loaqal kassani yonigacha bormaysanmi?! - desa, haligi qiz:
— Ahmoqmisan? Mana, qopqog‘ini ustiga "Shu yerdan oching" deb yozib qo‘yibdi-ku!?, - dermish.
— Dugonajon, men juda-yam sahiy yigit uchrashib yuribman.
— Nimasi sahiy?
— Menga har kuni juda ko‘p gullar sovg‘a qiladi. Ayniqsa, o‘tgan hayitda sovg‘a qilgan gullarini ko‘pligini ko‘rsangiz edi...
— Voy, zo‘r-ku. U o‘zi qayerda ishlaydi?
— Qorovul bo‘lib ishlaydi.
— Bo‘magan gap. Qorovul shuncha pul toparmidi?
— U qabristonda qorovul.
Bir qiz dugonasidan so‘rabdi:
— O‘rto, maslahat ber. Boshim qotib qoldi. Uch yigitning qaysi birini tanlay? Biri yaxshi pul topadi, ikkinchisi juda aqlli, uchinchisi zo‘r raqsga tusharkan.
— Birinchisi raqsga tushishni o‘rganolmasmikan?
Tort pishiruvchi qiz dugonasiga:
— Doktorlarga hayron qolamanda, dugonajon.
— Nimaga bunaqa deyabsan?
— O‘tgan hafta ko‘z doktorini tug‘ilgan kuni deb, ko‘z shaklidagi tort zakaz qilishgandi, bugun roddomni bosh vrachi bo‘lmish akusher ginekologni yubileyi ekan... Tortmisan-tort bo‘ldi-da!
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Nega ertalabdan kayfiyating yo‘q?
— Yomon tush ko‘rdim.
— Qani aytib ber-chi!?
— Tushimda Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio uyimga kelib, men uchun erim bilan yoqalashishibdi.
— Axir bu yomon tush emas, ko‘pchilik qizlarning orzusi-ku!
— Ha, lekin erim ulardan ustun keldi-da...
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Menga erga tegishni taklif qilishdi...
— Zo‘r-ku! Qaysi yigit?
— Yigitmas! Qo‘shnilarim...
Ikki dugona suhbatidan:
— Turmushga chiqganingga afsuslanmaysanmi?
— Nimalar deyapsan? Nima menda yurak yo‘qmi? Achinaman albatta erimga...