Dugonalar haqida latifalar
Ikki dugona telegramda.
— Ablah.
— Kim?
— Yigitim.
— Nima qildi?
— Xiyonat qildi.
— Yo‘g‘e, qaysi biri? Botirmi, Fayzimi?
— Fayzi.
— E, o‘lsin. Bularning hammasi shunaqa.
— Guli, sen semizmisan, ozg‘inmi?
— Ozg‘inmay albatta!
— To‘g‘ri. Ilonlarni semizi bo‘lmaydi-ku!
— Ho! Semizman deganimda nima derding unda?
— Ilonlarni semizi ham bo‘lar ekanmi derdim.
— Bunday ablah bilan yashashdan to‘yib ketdim. Ichadi, chekadi, uyda har kun janjal.
Dugonasi:
— U bilan ajrash, tamom! - debdi.
Ayol:
— Aslo unday qilmayman! U mendan qutulib mazza qilib yashasinmi?! - degan ekan.
— Dugonajon, shamollab qolganingda nima qilasan?
Dugonasi javob beribdi:
— Shamollaganimda aksiraman, yo‘talaman ham...!
— Voy dugon, ko‘zinlaringga nima bo‘ldi, qizarib ketibdi?
— Kecha qo‘shnimiznikida janjal bo‘layotgan edi. Men qulf tirqishidan qarab turuvdim, ichkaridan kimdir ko‘zimga barmog‘ini tiqib oldi.
— Unda ikkinchi ko‘zing nimaga qizil?
— Ikkinchi ko‘zim bilan kim barmog‘ini tiqqanini ko‘rmoqchi edim.
— Bilmiman. Eringdan so‘rab ko‘r-chi...
— Bilasanmi, nega ayollarni tishi kariyes bo‘lib mo‘rtlashar ekan?
— Nega? - debdi dugonasi.
— Erini bir zarbasidan tushib ketish uchun tishlar ham tayyor bo‘lib turarkan-de... - debdi ayol.
— Bosadigani uchta bo‘lishi kerak. Senda esa kam ekan. Haydab bo‘lmaydi buni.
— Menda avtomat.
— Qo‘rqitmoqchimisan?!
— Voy dugonajon, 40 yillik mashinani haydab kelsa bo‘ladimi.
— O‘zi nechi yoshda ekan?
— O‘sha mashinasini salondan 18 yoshida sotib olgan ekan.
Dugonalar:
— Eringni tug‘ilgan kuniga qanday sovg‘a qilding?
— O‘sha kuni erim bilan urishmadim.