Dugonalar haqida latifalar
— Dugonajon men piyoz to‘g‘raganda ko‘zni achishtirmaydigan yo‘lini topdim!
— Voy, rostanmi?!
— Menga ham o‘rgat?! Qanaqa qilib?!
— Piyozni erimga to‘g‘ratdim!
— Bilasanmi Maryam, sotuvga qo‘yilgan bir tog‘ yuvish vositalaridan qay birini olishni bilmay, boshim qotib qoldi. Sen polni yuvish uchun nimadan foydalanasan?
— Erimdan-da. Bilasanmi, natijasi zo‘.o‘.r!
— Agar sevgan yigiting seni rashk qilishini xohlasang, unga mana bunaqa sms xabar yozib yubor!:
"Jonim, yaqinda to‘yim bo‘ladi. ...voy uzr, sizga ketib qolibdi".
— Yangilik bor.
— Qanaqa yangilik? Turmushga chiqyapsanmi?
— Yo‘g‘-ye. Hali yoshman-ku.
— Unda nima yangilik? Gapir!
— Men homiladorman!
— Ismiyla nima? - deb so‘rabdi.
Qizlardan biri ikkinchisiga qarab:
— Ismingni etma, Zilola, - debdi
— Hop, Hilola, - debdi.
— Men yog‘larga qarshi kurash boshladim!
Dugonasi unga qarab turib:
— Juda ko‘plarini asir olishga ham ulguribsan.
— Dugonajon, erim endi menga xiyonat qilmayapti!
— Voy, rostanmi? Anchadan berimi?
— Ha, rost. Ertaga qirqini o‘tkazamiz.
— Erim menga eng zo‘r televizordan olib berdi. Uyda yangi filmlarni ko‘rib o‘tiribman, - debdi.
Ikkinchisi maqtanib:
— Meni erim esa iPhone7 olib berdi. Uyda o‘tirib, kamera orqali erim bilan gaplasha olyapman, - debdi.
Uchinchisi esa:
— Erim meni kinoteatrlarga olib boryapti. Suhbatlashib, sayr qilib yuribmiz. Demak, meni ko‘chada olib yurishga uyalmayapti, - dermish.
— O‘zingga yigit topishing uchun ko‘chaga yasangan va xushchaqchaq holda chiq! Chunki ko‘chada o‘ziga qaramagan va g‘amgin ayollarning barchasi turmushga chiqganlar bo‘ladi!