Er-xotin haqida latifalar
Xotin:
— Voy, dadasi pыlesos sotib oldizmi?
— Yo‘q, sotib olmadim. Bugun dugonangni uchratib qolgandim. Uyiga taklif qildi. Kirdik. Yedik, ichdik. Shunda u yechina boshladi va yalang‘och bo‘lib erkalanib: "Nima xohlasangiz roziman", - degandi...
Shunda Xotin erini gapini bo‘lib:
— Iye, keyin nima bo‘ldi? — desa.
Er:
— Nima, nima bo‘ldi? Mana pыlesos kerak edi, oldimda kelaverdim, - dermish.
— Onam tug‘may o‘lsin, sizga tegib hech halovat ko‘rmadim! Odamlarning eri har ko‘chaga chiqqanda hech bo‘lmasa mozi ko‘tarib keladi, siz bo‘lsangiz so‘ppayib kirib kelasiz!
— Hmm... shuni ayting, taqdir ekan-da!
— Qanoatli xotinni topib olib qadriga yetmaysiz. Mendan boshqa xotin bo‘lganda nikoh kechasi siz bilan janjal boshlar edi.
— Ofarin,— dedi Afandi. — O‘rtamizda tinch o‘tgan kun o‘sha kun edi!
Xotinini jahli chiqib:
— Kim u? Nimaga sizni o‘padi?, - desa
— O‘chir ovozingni! Hali unga ham tushuntirishim kerak seni kimligingni
— Ovqatni-ku nuqul kuydirardi. Bolaniyam kuydirvaribdi, - dermish.
— Azizim, to‘yimizdan avval menga e’tiborli edingiz. Sovg‘alar olib berar edingiz, restoranlarga olib borar edingiz...
Endi bo‘lsa, na kino yo‘q, na ko‘chaga chiqmayman, sovg‘alardan umuman nom-nishon yo‘q!
Kuyov bo‘lsa:
— Qiziqmisan!? Qaysi baliqchi qarmog‘iga ilingan baliqni chuvalchang bilan boqib yurganini ko‘rgansan? – degan ekan.
— Adasi, qachon gilam olib berasiz? - desa, eri:
— Haddingdan oshma, supurgingda uchib yuraver! - degan ekan.
— Xotiningizni oldida uyalmaysizmi tegajoqlik qilishga?!, - deb baqiribdi-da, liftdan chiqib ketibdi.
Er esa yuzini ushlagancha xotiniga qarab:
— O‘lay agar, hech narsa qilganim yo‘q, - debdi qo‘rqib.
Xotini:
— Tinchlaning, bu men edim, - debdi.
— Tug‘ilgan kuning qachon?, - deb so‘rabdi.
— May oyida. Nega so‘rayapsan?
— Senga parda sovg‘a qilmoqchiman. Derazangga osib qo‘yasan. Xotining uyda nuqul ochiq-sochiq kiyinib yuradi.
— Men esa seni tug‘ilgan kuningga binokl sovg‘a qilaman. Ko‘rgan ayoling, kim ekanini kuzatishing uchun...
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo‘ladigan og‘riqlarning yarmini bolaning otasiga o‘tkazib qo‘yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo‘lgach, tongda uni ko‘rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo‘q, qo‘shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.