Er-xotin haqida latifalar

Ikki do‘st suhbati:
— Nega xomushsan?
— Xotinimni ilon chaqib olgandi, o‘lib qoldi, bechora. Rahmim kelyapti.
— Sen xotiningni yomon ko‘rarding-ku! Nega achinyapsan?
— E-e-e... o‘lgan xotinim emas, ilon-da!
Do‘konga chiqib kelishini so‘ragan xotin erining qo‘liga xarid ro‘yxatini tutqazibdi:
1. Non
2. Tuxum
3. Quruq choy
4. Sovun
5. Pivo
Er do‘kondan qaytgach, xotin xarid qilingan narsalarni xaltadan ola boshlabdi: Bitta non, ikkita tuxum, uch quti quruq choy, to‘rtta sovun va besh shisha pivo.
Jahli chiqqan xotin eriga hech qanday e’tiroz bildirolmabdi-yu, lekin keyingi safar pivoni ro‘yxatning boshiga yozishni yodidan chiqarmabdi.
Bir kishining xotini vaznini o‘lchamoqchi bo‘lib tarozi ustiga chiqibdi-da, semiz qornini ichiga torta boshlabdi. Buni ko‘rgan er:
— Ovora bo‘lma xotin, baribir vazning kamayib qolmaydi, - deb kulibdi.
Xotini esa eriga qarab:
— Hech bo‘lmasa tarozi nechini ko‘rsatayotganiga qarab olay!, - debdi.
Boshliq ishga yangi kotiba olibdi. Uyga kelsa, xotini rashk bilan so‘rabdi:
— Xo‘sh, yangi kotibangizni oyoqlari qanaqa ekan?
Eri:
— Bilmadim, - debdi.
Xotini yana so‘rabdi:
— Ko‘zlari qanaqa ekan?
— E’tibor bermadim.
— Loaqal qanaqa kiyinarkan?
— Ko‘rdim. Juda tez kiyinar ekan!
Bir kishi soch-soqollarini o‘stirib yurar ekan. Bir kuni sartaroshga kirib, soch-soqollarini oldirib, kal bo‘lib uyiga kirib kelsa, xotini yugurib kelib, quchoqlab olibdi.
— Ha xotin, tinchlikmi? – desa, - xotini:
— O‘ling, sizmidingiz, - dermish.
To‘ydan keyin kelin ma’yus ohangda:
— Har kuni ovqat pishiraman, kir yuvaman, supuraman, tozalayman, dazmollayman, ... O‘zimni ertakdagi Zumraddek his qilyapman, - desa, eri:
— Aytgandim-ku, myenga turmushga chiqsang, ertaklardagidek yashaysan deb, - dermish.
Mast holda uyga kelgan erini ko‘rib, xotinini jahli chiqibdi:
— Yana ichib keldingizmi? Ichgan joyingizga boring!
Er o‘zida yo‘q xursand, telefonini olib kimgadir qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Og‘ayni shoshmay turinglar! Men ham boraman! Ruxsat oldim!
Sudya xotini cho‘kib ketgan erkakni so‘roq qilmoqda:
— Nega xotiningizni cho‘kib ketayotganini bila turib, qutqarishga harakat qilmadingiz?
— Men uni cho‘kayotganini bilmadim. U har doimgidek baqirar edi...
— Doktor, tushimda men odamxoʻr emishman. Oʻzimga oʻxshaganlar bilan bir qabila boʻlib yasharmishman. Bir kuni huddi xotinimga oʻxshagan ayolni yeb qoʻyibmiz.
— E, havotirga oʻrin yoʻq. Tushga nimalar kirmaydi deysiz?!
— Toʻgʻri-ku-ya, lekin uch kundan beri xotinimni topa olmayapman...
— Nega bu ishni qildingiz?, - so‘rabdi vrach bemordan.
— Meni xotinim tashlab ketdi, - debdi bemor.
— Xotiningiz tashlab ketsa, beshinchi qavatdan o‘zingizni tashlab yuborish shartmi?!
— Tushunmadingiz doktor! Xotinim meni tashlab yubordi ...