Er-xotin haqida latifalar

Bir erkakning xotini erini jahlini chiqaraveribdi. Oxiri eri uni kaltaklashni boshlabdi.
Shu payt ko‘chadan yoshi ulug‘ mo‘ysafid o‘tib ketayotib, bu janjalni ko‘rib qolibdi va debdi:
— Hoy, nega sen ayolingni bunchalik kaltaklayapsan? Agar xotinni tarbiyalamoqchi yoki jazolamoqchi bo‘lsang, xotin ustiga xotin ol! Shunda ko‘rasan!
Er mo‘ysafidni gapini eshitib tursa, xotini:
— Bu cholni gaplarini umuman eshitmang adasi. Uring, uravering! – degan ekan.
Er xotin suhbatidan:
— Qora shimim qani?
— Kecha yuvgandim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!
— Ko‘k ko‘ylagim qayerda?
— Uni ham yuvgan edim, kichrayib qolibdi, ukamga berib yubordim!
— Undan ko‘ra meni yuvib kichraytirib, singlinga bervorsang bo‘lmaydimi?!
Hurmatli erkaklar! Agar ayolingiz ixcham, chaqqon va serharakat bo‘lishini xohlasangiz, qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirmang!
Bir kuni afandi farzandli bo‘libdi. Oradan bir yil o‘tibdi farzandi birinchi aytgan so‘zi "Tovuq" bo‘libdi. O‘sha kuni tovuq o‘lib qolibdi. Keyin "Sigir" desa, u ham ertasiga o‘lib qolibdi.
Afandi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim "Dada" demagin, iltimos, - debdi.
2 kun o‘tib, bolasi "Dada" degan ekan afandi uyiga kirib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Bir kun o‘tarmish, o‘lmasmish. 2 kun o‘tarmish, o‘lmasmish.
Uchinchi kuniga xotini kirib:
— Chiqing adasi. Qo‘shnimiz Qo‘chqor aka o‘lib qolibdilar, - degan ekan.
Eri kompyuterda o‘yin o‘ynab o‘tirsa, xotini yoniga kelib:
— Adasi, menga-yam bering. Biroz o‘yin o‘ynay, - debdi.
Eri bo‘lsa asabiylashib:
— Ovqat qilayotganingda biror martta cho‘michni so‘raganmanmi sendan?! - dermish.
Xotin kechasi ichib kelgan mast erini o‘rniga yotqizmoqda:
— Azizam, shiftda uchib yurgan nima?
— Pashsha-ku!
— Nega u oppoq?
— Hozir kechasi bo‘lsa, tungi ko‘ylagini kiyib olgandir-da!
Judayam ziqna boy bo‘lgan ekan. Bir kuni qo‘shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o‘tirgan ekan, uydagi shamni o‘chirib keldimmi yo‘qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo‘l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o‘ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo‘lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo‘lgan ekan...
Boy:
— Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo‘y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay.
Xotini:
— Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o‘chirib qo‘yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo‘l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib?
Boy:
— Xavotir olma xotin, kovushim qo‘ltig‘imda!
Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo‘libdi. Ishga ketgandek bo‘lib, ko‘chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o‘tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o‘tirib, sekin o‘sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og‘ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo‘ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo‘q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo‘lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo‘yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.
— Odnoklassnikiga kirib, o‘zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o‘tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O‘zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
Bir yigit uylanib, to‘y kuni kelinga debdi:
— Men erkak kishiman. Erkak kishi "ko‘chani odami" bo‘ladi. Shunday ekan men ko‘chada ko‘p bo‘laman. Seni borliging men uchun ikkinchi darajali ish, tushundingmi? - desa, kelin:
— Ha tushundim! Endi men shu uyga kelin ekanman, qaynona-qaynotamga nabiralar tug‘ib, ularni xursand qilishim kerak. Shunday ekan, menga ham sizni ko‘chada ekanligingiz ikkinchi darajali ish, - dermish.