Erkaklar haqida latifalar

Ota bolasiga dedi:
— Yuqori qavatda turadigan bola bilan o‘ynama, tarbiyasi yaxshi emas.
— Mening tarbiyam yaxshimi?
— Albatta yaxshi-da.
— Unday bo‘lsa, o‘sha bola men bilan o‘ynasa maylimi?
Bir yigit do‘stiga:
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
Sudya:
— O‘rtoq Tursunov, qo‘limdagi shikoyatda aytilishicha, siz qo‘shningizni eshak bilan tenglashtirgan emishsiz.
Tursunov:
— O‘rtoq sudya, ulardan qaysi biri shikoyat qildi?
Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi tortlarga buyurtma berish urf bo‘lmoqda. Qandolatchilarni fikricha, ko‘pchilik erkaklar xotinining tug‘ilgan kuniga bosh miyasi shaklidagi tortlarni buyurtma qilishmoqda. Tort ustiga esa, "Meni miyamni yeb tugatmasdan, shuni yeb tur!" degan yozuv yozdirishmoqda.
Ikkita futbol ishqibozlari suhbat qurmoqda:
— Bu o‘yinchi haqida fikringiz qanaqa?
— Bu o‘yinchi menga Alisher Uzoqovni eslatmoqda!
— Axir u futbolchi emas-ku?
— Shuning uchun ham uni eslatadi-da...
Halokatga uchragan samolyot yerga qulamoqda. Samolyot ichidagi bir ayol erkakka qarab:
— Oxirgi martta o‘zimni ayol ekanimni his qilishga yordam bering!
Erkak ko‘ylagini yechib, ayolga:
— Mana, yuvib, dazmollab ber!!! - dermish.
Avtobus bekatida ikki notanish erkak turibdi. Birining sochlari malla, ikkinchisi kal. Mallasoch erkak nimadan gap boshlashni bilmay so‘radi:
— Ha, birodar, Xudo sizni sochdan qisganga o‘xshaydi-a?
— Nega qisadi? Malla soch bermoqchi bo‘lgandi, o‘zim istamadim.
Abonent yigit qizga SMS yozyapti:
"Menga turmushga chiqing!"
Yigitga SMS kelibdi:
"Hisobingizda mablag‘ yetarli emas. Iltimos hisobingizni to‘ldirish uchun Rossiyaga borib ishlab keling!".
— Sizlarni inoqligingizga havas qilaman. Turmush qurganingizga 20 yil bo‘ldi. Haligacha er-xotin sayrga chiqganda bir-biringizni qo‘lingizni ushlab yurasiz...
Er:
— Agar men xotinimni qo‘lini bir daqiqaga qo‘yib yuborsam, u albatta do‘konga kirib, o‘ziga birorta yangi kiyim sotib oladi!
Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Ishsizmisan? Nega nuqul dam olib yuribsan?
— Nega? Ishlayapman. Ish men uchun bayram. Bayramda esa insonlar dam olishadi.