Erkaklar haqida latifalar

— O‘g‘lim, bor, qo‘shnimizdan bolg‘asini so‘rab tur!
...— Berishmadi ada...
— Odamlar muncha ziqna bo‘lishmasa. Biror joyi kamayib qoladimi!? ...Kir, ichkaridan o‘zimizni bolg‘ani olib chiq!
O‘g‘li onasiga:
— Oyi nimaga mani "chernыy" ga qo‘shib qo‘ydiz?
— Eeye, o‘g‘lim sendan har hil spam kelayapti—da...
— Qanaqa spam?
— «Menga Paynet'dan 10 ming tashavoring», «Kinoga 20 ming berib turing»...
Ixcham, ozg‘in qizlarni yoqtiradigan yigitlar diqqatiga:
Ilonlarning semizi bo‘lmaydi!
Bolakay yig‘lab oshxonaga oyisini oldiga bordi.
Oyisi:
— O‘g‘lim nima bo‘ldi, nega yig‘layapsan?
— Dadam bolg‘a bilan qo‘lini urib oldi.
— Shunga ham yig‘laydimi, axir bunga yig‘lash emas, kulish kerak-ku.
— Men ham kulgan edim-da.
Yo‘lda ketayotgan qizning yonidan o‘tib borayotgan mashina oynasidan:
— Mashinaga o‘tir, konfet beraman, - debdi bir kishi.
— O‘tirmayman, - javob beribdi qiz.
— O‘tirsang ikkita konfet beraman.
— O‘tirmayman, ketavering!
— Chiqaqol endi mashinaga, senga uchta konfet beraman.
— Dada, bu Tikoni o‘zingiz sotib oldingiz! Unda o‘zingiz yuravering!
Bir erkakni xotini kasal bo‘lib yotib qolibdi. Erini chaqirib:
— Agar o‘lib qolsam, nima qilasiz? — debdi.
— O‘lmay qolsang nima qilaman xotin? — dermish eri yig‘lamsirab.
— Nega barcha film qahramonlari ertalab yuvinib bo‘lgach, nonushta qilishga, gazeta o‘qishga-yam ulgurishadi?
Men har kuni ertalab yuvinib-kiyinishga zo‘rg‘a ulguraman ...
10 yoshli bola dadasidan so‘rayapti:
— Dada, fonarigim qani?
— Fonarni nima qilasan?
— Uchrashuvga ketyapman.
— Men uchrashuvga fonar olib bormasdim...
— Ko‘rdingizmi, qorong‘ida kimni tanlagansiz!!!
— Mastmisan? Yana ichdingmi?
— Ichmadim. Kim senga aytdi?
— Ko‘zlaring aytib turibdi-ku!
— O‘zing g‘irt mastmisan deyman. Ko‘z ham gapirar ekanmi?!
Uch og‘ayni dengizga sayohatga chiqishibdi kema to‘fonga uchrab uchalasi bir orolga tushib qolishibdi. Orolni aylanib bir chiroq topib olib ishqalashibdi, ichidan jin chikib
— Har biringizning ikkitadan tilagingizni bajaraman, desa
Birinchisi:
— Meni qornimni to‘ydir, so‘ngra uyimga oborib qo‘y, debdi
Ikkinchisi ham xuddi shunday tilak bildiribdi.
Jin ularni tilagini bajaribdi va uchinchisidan sen nima tilaysan, dyesa
— Menga bir yaщik aroq ber, desa
Jin:
— Bularni barchasini qanaqa qilib ichasan desa
— Haligi ikkala og‘aynilarimni qaytarib olib-ke o‘shalar bilan birga ichaman, dermish