Erkaklar haqida latifalar

Ko‘chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
— Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo‘lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
— Yo‘g‘e, bo‘lishi mumkinmas. Nahotki?!
— O‘zizni bosing. Nega xovliqasiz. Man o‘qituvchiman
O‘g‘li:
— Ada, ayollar har kuni sochiga nima baloni sepishadi?
Ota:
— Bitga qarshi dori, o‘g‘lim!
Ikkita ulfat gaplashib o‘tirishibdi.
— Qayerdan kelyapsan?
— Ey do‘stim. Kecha kechqurun kafeda bir ayol bilan tanishib qoldim. U meni uyiga taklif qildi. Endi uyiga kirib tursam, eri kelib qoldi. Ayol meni qo‘limga dazmol berib, kiyimlarni dazmol qilishimni aytdi. Eri kirgach, u meni mardikor ekanimni, kirlarni dazmollashga kelganimni aytdi.
— Ha, Liza aqlli ayol!
— Siz uni qayerdan taniysiz?
— Siz dazmol qilgan kirlarni, o‘tgan kuni men yuvgandim.
Kechasi ichib kelgan er ertalab zo‘rg‘a boshini yostiqdan ko‘tarib baqiryapti:
— Eh qaynonama, shunaqayam odam bo‘lasizmi!
Bu gapni eshitgan xotini yugurib keldi:
— Tinchlikmi, onam sizga nima yomonlik qildilar?
— To‘g‘risiyamda! Qizlariga shunday ism tanlashganki, ertalab eslay olmayman!
Ota-onalar majlisida o‘qituvchi Alini otasiga:
— O‘g‘lingiz Saiddan ko‘chiradi, - debdi.
Alini otasi:
— Balki Said Alidan ko‘chirgandir, - desa, o‘qituvchisi:
— Said imtihonda bilmayman deb yozibdi. Ali men ham bilmayman deb yozib qo‘yibdi, - dermish.
Bir odam uzoq vaqt komada yotib, kasalxonada o‘ziga kelibdi.
Xotini:
— Xayriyat-ey, dadasi o‘zizga keldizmi, ahvoliz yaxshimi?
— Xotin men necha kun yotdim?
— Uch kecha-yu, uch kunduz yotdiz.
— Shuncha payt oldimdan ketmay yonimda o‘tirdingmi-a?
— Ha, dadasi boshqa qayerga ham boraman, sizi yonizda o‘tirmasam xotin bo‘lib nima qilib yuribman?!
— Hamma og‘ir damlarda yonimda bo‘lding, esingdami yaxshigina ishimdan bo‘shatishganda ham menga dalda berganding, meni dushmanlarim kaltaklab ketganda ham yonimda turding, biznesim bankrot bo‘lganda ham hech qayerga ketmading, sog‘ligim yomonlashganda ham uzoqlashmading, bilasanmi hozir men nima haqida o‘ylayabman?
— Nima haqida dadasi(mag‘rur yumshok ovozda)?
— Sen yonimda bo‘lsang, menga faqat baxtsizlik kelayabdi.
Bir boy odam xotiniga qo‘ng‘iroq qilib:
— Azizam, gaplarimni eshit! Meni biznesim tamom bo‘ldi, inqirozga uchradi. Endi meni hech narsam yo‘q!
Eri ishdan qaytib kelsa, uyda xotini yo‘q emish. Hamma narsalarini yig‘ishtirib, ketib qolibdi.
Eri bo‘lsa:
— Ey, jin ursin bunday ahmoqni. Hazilni-yam tushunmaydi o‘zi bu!, - dermish kulib.
Uchta yigit bir kunda uylanibdi. Bir haftadan keyin yigitlar choyxonada yig‘ilishibdi.
Birinchi uylangani Malibu haydab kelibdi. Ikkinchisi yangi uy olganini aytibdi. Uchinchisidan:
— Senga qaynotang nima olib berdi? - deyishsa, yigit:
— Meni xotinim ovqat qilish, kir yuvish, dazmol qilish, xullas hamma ishlarni bilar ekan, - debdi.
Bir yigit Sibirga, do‘stini uyiga mehmonga boribdi. Ovqatlanib o‘tirsa, oyog‘ini ostidan kalamushdek keladigan jonzod o‘tib qolibdi.
Shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi?, - desa.
Mezbon:
— Bu kalamush emas. Palto kiygan suvarak!, - dermish.
Ikkita qiz bilan yuraman, qaysi birini tanlashni bilmayapman.
— Qalbinga quloq sol, qalbing nima deyapti?
— Qalbim xotining bilsa o‘ldiradi deyapti.