Erkaklar haqida latifalar

Bir mast avtobusga chiqib o‘tirdi. Birozdan so‘ng yonidagi ayolning yelkasiga qiyshayib boshini qo‘yib oldi. Ayolning jahli chiqib kesatdi:
— Balki, ustimga ham chiqib olarsiz?!
— U-ho‘, - dedi mast g‘o‘ldirab, - ko‘ngillari yana nimani tusaydi?
— Azizam, men bugun tush ko‘rdim. Tushimda hali bo‘ydoq emishman-u, sening qo‘lingni so‘rayotganmishman.
— Xo‘sh, shunga xursand bo‘lib uyg‘ondingizmi?
— Yo‘q... Sen rozi bo‘lmabsan.
Usta ishni tugatib:
— Xizmat hakiga aroq bering.
— Pul bersam bo‘lmaydimi?
— Pul olishdan qo‘rqaman. Pul bersangiz ichib qo‘yaman...
Bir odam advokatga kelib, maslahat so‘rabdi:
— Do‘stim mendan 500 ming qarz olgan. Lekin hecham tan olmayapti. Nima qilsam bo‘ladi?
Advokat:
— Siz do‘stingizni yoniga boring-da, 1 million qarz ekanini unga ayting!
— Axir u 1 million emas, 500 ming qarz ekanini aytib to‘palon qiladi-ku?!
— Ana shu gapi sizga isbot bo‘ladi!
Hamma er-xotinlar urushib qolishsa ham, kun bo‘yi bir-biri haqida o‘ylab yuraverishadi:
— Erim ablah,...!
— Xotinim zahar...!
Xotin:
— Dadasi namuncha ko‘p ichasiz, nima bo‘ldi sizga, ilgari bunaqangi ko‘p ichmasdis.
Er:
— Xotin o‘zim uchun ichmayapman, do‘stlarimni sog‘ligi uchun ichyapman. Katta shaharda kar’era qilish uchun ko‘p ichmasang bo‘lmas ekan..
Xotin:
— Qani dadasi limmo-lim qilib, ikkalamiz birgalikda ichaylik.
Qizi otasiga gapiryapti:
— Ertaga bo‘lajak kuyov bola keladi va meni qo‘limni so‘raydi. Siz uni oyog‘iga yiqilib, qo‘llarini o‘pib “Bizni haloskorimizsiz” - demasdan, oddiygina “Men roziman” deng.
Er rosa ichib, kayfda uyga keldi. Xotiniga mastligini bildirmayman deb harakat qilibdi. Xotin buni sezib gap boshladi:
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.
Bir yoshli bolakayni onasi eridan so‘rabdi:
— Qayoqqa ketyapsiz?
— Futbolga, - debdi eri.
— O‘g‘limizni ham o‘zingiz bilan olib keting!
— Nega?
— Ana qarang, baribir bu yerda, bekorga baqirib o‘tiribdi...!
Hamma joyda ko‘zimga GAI xodimlari ko‘rinadigan bo‘lib qolibdi:
— Xojatxonaga kirib, unitazda o‘tirsam, hayolimda go‘yo mashinamda man-ku, tualet qog‘ozini remen o‘rniga yelkam osha tortibman...