Erkaklar haqida latifalar

Bir ayol pul topib olibdi, sanaychi deb qo‘liga tupursa pulga tegib ikki baravar ko‘payibdi, yana tupursa ko‘payib borarmish. Tupuraveribdi, tupuraveribdi. Bir payt qars etib qulogi ostiga shapaloq tushibdi. Qarasa eri o‘tirganimish:
— Hamma joyni tupurib rasvo qilding-ku, uyg‘on, padaringa la’nat!
Duduq odam militsiyaga qo‘ng‘iroq qilibdi:
— M-m-militsiyami?
— Ha!
— B-b-bu yerda m-m-murda yotibdi.
— Manzilni ayting!
— Q-q-q...
Telefon suhbati uzilib qolibdi. Bir soniyadan so‘ng yana telefon jiringlab:
— Allo, tezroq manzilni ayting!
— Q-q-q...
Yana telefon uziladi... Takror jiringlaydi.
— Allo?!
— Q-q-q...
— Bo‘ldi, Murda Qora-qamishda ekan. O‘zimiz topib oldik!!!
Katta kompaniya direktori o‘z o‘rinbosariga gap uqtirmoqda:
— Sizni tabriklashim mumkin. Bundan olti oy ilgari oddiy xodim sifatida ish boshlagandingiz. Bir oy o‘tib bo‘lim boshlig‘i bo‘ldingiz.
— To‘g‘ri.
— Ikki oy o‘tib, ombor boshlig‘i bo‘ldingiz.
— Bunisiyam to‘g‘ri.
— Hozir esa, ko‘z tegmasin, bosh direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayapsiz. Buning uchun nima deyish kerak?
— Rahmat, dada!
Praporshik askarlarga yangi ishlab chiqilgan tank haqida so‘zlab beryapti:
— Qarshingizda fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari ila yaratilgan jangovar mashina turibdi. Ushbu tank bortiga kompyuter o‘rnatilgan bo‘lib...
— O‘rtoq praporshik, o‘sha kompyuter tezligi haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz, iltimos.
— Ovsarlar uchun alohida ta’kidlab o‘taman. Kompyuter tank harakatining tezligi bilan teng harakatlanadi!
Bir kishi dengizdan tilla baliq tutib olibdi. Baliq tilga kirib:
— Meni qo‘yib yuborsang, uchta tilagingni amalga oshiraman!, - debdi.
— Roziman. Faqat bitta shartim bor! Menga nima bersang, qaynonamga uch baravar ko‘proq berasan, - debdi haligi odam. Baliq ham shu shartga ko‘nibdi.
— Menga bitta mashina, qaynonamga esa uchta mashina ber. Menga bitta dalahovli ber, qaynonamga — uchta. Uchinchi tilagim: menga kichkinagina yurak xuruji, qaynonamga ...
Ayol eriga qarab:
— Bundan keyin aroq ichmaslikka so‘z berasizmi? – debdi.
Eri bo‘lsa xotinini yonida shirakayf turib, hayol suryapti:
“15 yildan beri shu xotinim bilan yashayman. Haliyam mendan umidi katta...”
Bir kishi shoshilib kirib xotinini chaqirdi-da, ko‘ylagini ko‘tarib “Belimga tupur”, deb buyurdi. Xotin uning bu amridan ajablandi.
— Bo‘laqol, belim og‘rib, jonimni olyapti. Do‘xtirga borgan edim, ilonning zahrini surting dedi. Dorixonada bunaqasi yo‘q ekan. O‘zing tupurib qo‘ya qol, tilingga tegib chiqqan tupuging o‘nta ilonning zahriga tatiydi.
Qizim ichvoganmisan?
Qiz:
— Yo‘q oyi nimalar deyapsiz?
— Birinchidan devorga suyanib kelyapsan, ikkinchidan og‘zingdan hidi kelyapti, uchinchidan men oyingmas dadangman!
Yigit:
— Yaxshi qiz tanishsak bo‘ladimi?
Qiz:
— Qatta ko‘rgansan oq qushning mol bilan tanishganini?!
Yigit:
— Unda men uchib ketaveraymi?
Xasis er xotiniga dedi:
— Xotin, bilasanmi?, gazetada yozishicha, bir martta yurakdan kulish, to‘rtta tuxumning quvvatini berarkan. Har kuni qozon osavermay, bolalarni kuldirib ham turish kerak!