Erkaklar haqida latifalar

Bir yigit do‘stiga:
— Sevgan qizim bilan ajralishdik.
Do‘sti:
— Nega?
— Men unga "Barno, men seni sevaman" desam, uni ismi Aziza ekan...
O‘rmondan qo‘ziqorin to‘la savat bilan chiqqan erkak:
— Au, au, au, - deb har yoqqa yugurib yurgan ekan, o‘tkinchilardan biri:
— Nima bo‘ldi do‘stim? Qo‘ziqorindan ko‘proq yeb qo‘ydingmi?, - desa, boyagi odam:
— Yo‘q, Audi mashinamni o‘g‘irlab ketishibdi...
Ikki sevishganla bekinmachoq o‘yinidan lavha.
Yigit: — Agar seni topib olsam, g‘uncha labingdan o‘pib olaman.
Qiz: — Agar topolmasangiz, eshikni orqasida bo‘laman xo‘p!
Bir kishi do‘stining xotinini janozasidan xomush bo‘lib uyga kelibdi. Xotini:
— Ha adasi, nimadan buncha xafasiz?, - deb so‘rapti.
Eri bo‘lsa:
— Xotin qara, Baxtiyor do‘stim ikkita xotinini ko‘mdi. Men esa hali birorta-yam ko‘mganim yo‘q!, - dermish.
— Dada, siz yana katta bo‘lasizmi?
— Yo‘q, o‘g‘lim
— Unda nimaga ovqatlanasiz?
Agar ayolingiz sizni cho‘ntagingizni tekshirmasligini aytsa, ishonmang. Bor-yo‘g‘i cho‘ntagingizga ayollar lab bo‘yog‘ini solib qo‘ysangiz bas!
— Do‘stim, nega bizni davlatda kvest xonalar yo‘q?
— Nega yo‘q ekan? Tiqilib yotibdi-ku!
— Qayerda?
— Senga davlat idoralaridan spravka kerak bo‘lmaganmi hecham? Hamma kvest xonalar o‘sha yerda-ku!
Bir ayol jon berayotgan ekan. Eridan so‘rabdi:
— Menga xiyonat qilganmisiz?
— Bu nima deganing?! Albatta yo‘q! - debdi eri. Shunda xotini:
— To‘g‘risini aytavering, xiyonat qilganmisiz? Baribir umrim tugayapti, - desa, eri:
— Mabodo o‘lmay qolsang-chi!? - dermish.
— Dada, bugun maktabda ixchamgina ota-onalar majlisi bo‘ladi.
— Ixcham deganing nimasi?
— Si-iz, me-yen va direktor ishtirokida...
Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Xotining bilan kechagi janjaling nima bo‘ldi?
Do‘sti:
— Oxiri xotinim yonimga tizzasida emaklab keldi.
— Keyin nima dedi?
— Kravatni tagidan chiq nomard dedi.