Erkaklar haqida latifalar

Qiz:
— Meni sevasizmi?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Menga uylanasizmi?
Yigit:
— Yo‘g‘eye! Mening sevgim abadiy!
Xotin eriga debdi:
— Azizim, men o‘g‘limizga ism tanlab qo‘ydim!
— Nima ism ekan?
— Leksus deb ataymiz!
— Esing joyidami tentak?
— Endi oilamizda Leksus va Tentak bo‘ladi!
Ishxonadagi hamkasblar yangi uylangan kuyov bilan hazillashmoqda:
— Muzaffar, sanda xotiningni yalang‘och tushgan rasmi bormi?
— Yo‘q, qayerdan bo‘lsin?
— 5-6 tasini beraymi?
Diskotekada bir yigit chiroyli qizni yoniga kelib:
— Raqsga tushasizmi? - debdi.
Qiz:
— Yo‘q! - desa, yigit:
— Unaqada yuring, mashinamni itarishib yuboring, - degan ekan.
Bir ruschani yaxshi bilmaydigan bola sigaret chekib o‘tirsa, yoniga bir rus qiz kelib o‘tiribdi. U ham sigaret chekishni boshlabdi.
Shunda bola chekayotgan qizga hayron bo‘lib:
— Vы chto, kuritsa?, - desa
Rus qizning jahli chiqib:
— A chto, tы petux?, - debdi
Bola qo‘lidagi sigaretni ko‘rsatib:
— Net, ya toje kuritsa!!!, - dermish
— Yulduz, bilasizmi? Siz juda-yam go‘zal, maftunkor, lobar...
— Tushunmadim, menga hushomad qilayapsizmi?
— ... dono ayolsiz!
Bir otaning noshud o‘g‘li bor ekan. Nuqul aytilgan ishni teskari bajararkan.
Kunlarning birida ota-bola eshakda bir qop un olib, ko‘prikdan o‘tayotishsa, un eshakni ustidan tushib qolibdi. Shunda otasi:
— O‘g‘lim qopni suvga tashlab yubor, - desa, o‘g‘li ariqqa unni tashlabdi. Otasi:
— Sen nuqul aytganimni teskarisini qilar eding-ku?!, - debdi. O‘g‘li esa:
— Ha endi, bir martta aytganingizni qilay dedim-da, ada, - dermish.
Erkak yarim tunda xotinini uyg‘otib:
— Tur, ko‘zoynagimni olib ber!
— Yarim kechada nima qilmoqchisiz?
— Qiziqarli tush ko‘rayotgan edim, ko‘zoynakda yaxshiroq ko‘raman-da!
Besh yoshli o‘g‘li adasidan so‘rayapti:
— Ada, nimaga oyimning qorni ishib ketayapti?
Adasi:
— Oying tarvuz yeyayotganida urug‘ini tushirmasdan yegan. Shunga qornida tarvuz o‘sib chiqyapti.
Er xotiniga qarab:
— Nega yangi paketchali choy sotib olding?, - debdi.
— Axir eskisini ipi chirib, uzilib ketdi, - debdi xotini.
— Boshqa ip bog‘lab qo‘ysang bo‘lardi-ku, - dermish eri.