Erkaklar haqida latifalar

— Menga bitta chiroyli atirguldan bering!
— Sevgan qizingizgami?
— Yo‘q, qaynonamga.
— Nega buncha kam?
— To‘g‘ri aytasiz. Ikkita beraqoling!
Tajribali tarvuz sotuvchisi o‘g‘lini boshiga bir chertib, imtihonlarga tayyor yoki tayyor emasligi bilib olarkan!
Restorandan chiqayotganda nega ofitsiant ayolning belidan quchoqlab oldingiz? Kap-katta, oilali odamga uyat emasmi?
— Qiziqmisan, xotin? Axir men uning ko‘ylagiga qo‘limni artdim halos.
Qahraton qish kunlarining birida, ko‘chada qalin qor yog‘ib, kuchli bo‘ron esayotgan ekan. Bir kishining eshigi taqillab qolibdi. Qarasa, eshik oldida sovuqdan muzlab qolgan go‘zal ayol turgan emish. Uy egasi uni ichkariga taklif qilibdi. Ayol:
— Muzlab qoldim, - debdi.
Haligi kishi ayolni olov yoniga taklif qilibdi.
— Baribir isimayapman, - debdi ayol yana.
Ayolni issiq kiyimlari bilan o‘rab, qaynoq choy bergan kishi, - endi-chi?, - debdi.
— Bunday vaqtlarda rahmatli erim meni quchoqlab, tanasi bilan isitib qo‘yardi, - deb erkalana boshlabdi ayol.
Uy egasi esa:
— Ko‘chada qalin qor yog‘ib, kuchli bo‘ron ko‘tarilgan. Bunday havoda eringizni tanasini olib kelolmayman, - degan ekan.
Xotin eriga:
— Siz o‘tgan hafta do‘stlaringiz bilan choyxonaga borganmidingiz?
— Ha, albatta xotin!
— Bugun choyxonachi Gulya telefon qilib, sizni so‘radi!!!
Yosh yigit qo‘shni qizga murojat qilibdi:
— Yaxshi qiz, sizni dastingizdan tunlari uxlay olmayapman...Tuni bilan mijja qoqmayman... Ko‘zimga uyqu kelmayapti...
Qiz yigitni ko‘zlariga qaray olmasdan, uyalib, yerga boqib debdi:
— Yaxshisi bu gapni meni otamga ayting. Meni qo‘limdan nima ham kelardi... Otam bilan gaplashganingiz ma’qul. Hammasini otam hal qiladilar. Axir tuni bilan magnitafonni adam baland qilib eshityaptilar-ku...
Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o‘tkazishni, keyin tashxis qo‘yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o‘tkazishni tushuntiribdi.
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko‘ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo‘lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog‘i qanchalik og‘ir ekanligini aniqlab olamiz.
O‘sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o‘z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o‘ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”.
— Azizam, nima ovqat qilyapsan?
Hech qanday javob bo‘lmabdi. Er yo‘lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi.
— Go‘zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan.
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo‘lmabdi. Er oshxonaga kiribdi.
— Nima ovqat yeymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi.
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan?
Xotini unga o‘girilib qarabdi.
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!
Bir ayol qo‘rqinchli tush ko‘ribdi. Tushida uni odamxo‘rlar quvlab kelayotgan ekan. Odamxo‘rlar ayolga yaqinlashib qolganida ayol yerdan katta toshni olmoqchi bo‘libdi-yu, ko‘tara olmabdi. Yana qattiqroq, ikki qo‘llab, bor kuchi bilan yerdan torta boshlabdi toshni...
Shu payt ayol uyg‘onib ketibdi. Qarasa, uyida, yotog‘ida uxlab yotganmish. Eri esa ayoliga qarab:
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi.
Ayol tushini gapirib beribdi. Shunda eri:
— Xo‘p mayli, uyg‘onding! Endi qulog‘imni tortmasdan, qo‘yib yuborarsan-a...?! - dermish.
Yoqtirgan qizim yonimda, men mashina haydab ketayotsam, u menga mehrli boqib:
— Meni chin dildan sevarkansiz... Mana hozir ham, men tomonga tez-tez o‘girilib, har daqiqa mendan xabar olib turibsiz...
Men indamadim. "Yo‘llarda avtomobillar ko‘p, yon tomondagi oynalardan orqadagi mashinalarga qarab haydayapman" demayman-ku unga...!
Eski Tiko mashinasini haydovchisiga yonidan o‘tib ketayotgan mashinadagi yigit debdi:
— G‘ildiraklaringiz taqqillayapti.
Tiko haydovchisi qulog‘iga imlab:
— Eshitilmayapti. Nima deysiz?
— G‘ildiraklaringiz taqqillayapti deyman! – takrorlabdi yigit.
— Baribir eshitmadim. Chunki mashinamning g‘ildiraklari qattiq taqqillayapti!!!