Erkaklar haqida latifalar

— Men otamga o‘xshab oyiga ming dollar maosh olishni orzu qilaman.
— Nima, otang shuncha maosh olarmidi?
— Yo‘q, u ham orzu qilardi.
Ertalab turgan erning ro‘parasida, xotini enkayib, go‘yoki ta’zim qilib turgan ekan.
Er:
— Tazim qilishing shart emas. "Assalomu-alaykum, xayrli tong begim" - desang yetarli!
Xotini:
— Ey, boring-ye, byelim qotib qoldi, - dermish
— Dadasi bugun tushimga kiribsiz.
— Xo‘sh, tushingda nima qilayotgan ekanman?
— Menga yam-yashil olmani bir tishlab, beribsiz
— Boshimni qotirma xotin, ayfonga pul yo‘q.
Xotin eriga etvotganmish:
— Etishlaricha, yangicha operatsiya o‘ylab topishibdi. Nima emish, 2000$ bersa - 35 yoshlik xotinni 20 yoshlikka aylantirib qo‘yarmish.
— Mana senga 5000$!!! Umuman qorangni ko‘rmay!!!
Bir yigit jon taslim qilayotgan qaynonasini boshida o‘tiribdi. Quyosh botayotgan paytda qaynona zo‘rg‘a ko‘zini ochib, kun botayotgan tarafga qarab:
— Quyoshni botishini qarang kuyov, qanday go‘zal-a...
— Oyijon u yoqqa qaramang, chalg‘imay o‘z ishingiz bilan shug‘illaning...
Er ishdan uyga kelsa, xotini kitob o‘qib o‘tiribdi. Er undan so‘rabdi:
— Xotinjon mensiz zerikmadingmi? Yo‘q, men kun bo‘yi Shekspir bilan tillashib o‘tirdim.
— Shunaqami? Ko‘rdim.
— Nimani ko‘rdingiz?
— O‘sha Shekspir karavat ustida shlyapasini unutib qoldiribdi, - dermish.
— Azizam, sen meni kuchliroq sog‘inishing uchun uzoq vaqt kelmadim...
— Yaxshi. Tanishing, bular sizning nabiralaringiz!
Bola qizning orqasidan yugurmoqda:
— Hoy qiz, hoy qiz.
— Ha tinchlikmi?
— Kechirasiz, mabodo avtobusda sizning zontigingiz qolib ketmadimi?
— Voy, ha unutibmanku...
— Unda avtobusning orqasidan yuguring, hali uzoqga ketgani yo‘q...
Xotin eriga qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, gaplasha olasizmi?
— Ha.
— Unda meni eshiting...
Televizorda Meksika seriali tugagandan keyin, xotin eridan so‘radi:
— Yigitni ko‘rdingizmi, qizni naqadar sevar ekan. Siz ham shunday seva olasizmi?
— Ha, qiz chiroyli ekan, sevsa arziydi.